🕊️ Sogʻinch haqida sherlar

Bugun sizni juda sogʻindim

9.6K marta oʻqildi
Bugun sizni juda sogʻindim
Yomgʻir yogʻar yurakni ezib,
Bu dildagi armonni sezib.
Armonlardan yuragim bezib,
Bugun sizni juda sogʻindim.

Sogʻinch oʻta shirin boʻlarkan,
Sogʻinganda yurak toʻlarkan,
Armonlarga bu dil koʻnarkan,
Bugun sizni juda sogʻindim.

Koʻrmoq uchun talpinar yurak,
Sogʻinch uchun qadr ham kerak.
Sizni bugun koʻrmogim kerak,
Bugun sizni juda sogʻindim!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!