🌙 Tush tabiri

Tushda koʻylak koʻrish taʼbiri - kiyish, olish, tikish, kelin libosi nimadan darak?

4 daqiqa 129.1K marta oʻqildi
Tushda koʻylak koʻrish taʼbiri - kiyish, olish, tikish, kelin libosi nimadan darak?
Tushda koʻylak koʻrish – kishiga koʻrk beradigan libos sifatida ikkilangan ramziy maʼnoga ega: biri beqarorlik boʻlsa, ikkinchisi har ikki jinsda ham kuzatiladigan ayollikka oid jihatlar. Agar tushga zamonaviy koʻylak kirgan boʻlsa, bu sizning shaxsiy hayotingizda kelajakdagi oʻzgarishlarning belgisidir.

Yangi koʻylak kiyib koʻrish – yaqin orada koʻchib ketish, ish joyini oʻzgartirish yoki yoʻqotishni nazarda tutadi. Boshqa odamga kiydirish – oilaviy munosabatlarda bu bir qator tushunmovchiliklar va janjallarni vaʼda qiladi. Kiyib koʻrishga ulgurmadingizmi? Demak, yagona sevgilingizga his-tuygʻularingiz juda kuchli va bunga hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi.

Tushda kelin koʻylak koʻrish – agar bunday libos dugonangiz yoki yaqin kishingizda bolsa, u bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelishi.
Ayol kishi koʻylak kiysa – qarindoshlar va yaqinlar bilan urushib qolish.
Yosh qiz uchun koʻylak tanlash – unda koʻplab taassurot qoldiradigan yigit bilan uchrashish. Biroq, munosabatlarning oxirida umidsizlik kuzatilishi.
PSIXOLOGIK TALQIN: TUSHDA KOʻYLAK KIYSA NIMA BOʻLADI?
Psixoanalitik talqin qilish, odatda, hozircha ongda, biroq juda yaqin orada roʻyobga chiqishi mumkin boʻlgan narsalar bilan bogʻliq boʻladi. Koʻylak kiyim sifatida – tush koʻruvchining oʻziga ishonmasligini yashirish, oʻngida tan olishga qodir boʻlmagan qoʻrquvlarining aksi boʻlib hisoblanadi.
Tushda kiyim koʻrish haqida→

Tushda ogʻir kiyim kiyganingizni koʻrdingizmi? Demak siz himoyalanish uchun tayyorgarlik koʻrayapsiz, biroq oʻzingiz bilmagan holda fikringizdan qaytasiz. Shu bilan birga, tushda qarshingizda odam koʻylak kiysa (ayniqsa kelin koʻylak), u bilan urushib qolishingiz ehtimoli mavjud.

Tushda ochiq shkaf oldida turish va uzoq vaqt davomida kiyim tanlash – bu siz yaqinda yorqin va hissiyotlarga boy kishi bilan tanishishingiz, biroq munosabatlar qisqa boʻlishini anglatadi. Agar biron begona odam koʻylak sovgʻa qilsa, yaqinda hamkorlaringiz bilan til topishib ketasiz, faqat qatʼiyatlik va xatolarni tushunishga harakat qilish talab etiladi.

ROMANTIK TUSH KITOBI: TUSHDA KOʻYLAK KOʻRISH TAʼBIRI
Tushda koʻylak koʻrsa, tushning talqini turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, mavhum liboslar haqidagi tush (holati va rangidan qatʼiy nazar), bu koʻnglingizgaa yaqin boʻlganlar uchun kurashish kerakligini bildiruvchi belgi. Tushda koʻylak sotib olish, biroq uni pulini toʻlamaslik – juftingizni xatti-harakatlaridan xavotirga tushasiz.

Biroq, kiyimdagi har qanday nuqsonlar hiyla-nayrangga qodir boʻlgan raqibning paydo boʻlishini taxmin qiladi. Tushda kiyilgan koʻylak mos boʻlmasa, lekin siz uning uslubini oʻzgartirishga yoki tikib, moslab olishga muvaffaq boʻlsangiz, bu sizning umr yoʻldoshingiz uchun kurashda mutlaq gʻalabangizni sanglatadi.

Erkak kishi tushda koʻylak olsa, bu turmush oʻrtogʻiga hurmatsizlik, notoʻgʻri fikrlashning ramzi boʻlib qoladi.

KOʻYLAK KOʻRISH TAʼBIRI
FRANSUZCHA TUSH TAʼBIRLARI
Tushda koʻylak kiyishning maʼnosi – qiziqarli sayohatdan darak. Koʻylakni yechish – bu kasallik haqida ogohlantirishdir.

BOLALAR TUSH KITOBI BOʻYICHA
Yangi koʻylak – yangi hayotning boshlanishi, yangi tanishlar, yangi voqealar belgisi boʻlishi mumkin. Ayniqsa, bu tush ayollar uchun muhimdir.

TUSHNING TALQINI: KOʻYLAK NIMANI BILDIRADI?
Oddiy koʻylak koʻrishda alohida maʼno yoʻq;
Qimmat koʻylak – boylarga hurmat va yuksaklik, kambagʻallarga esa baxtsizlik va kasallikni vaʼda qiladi;
Iflos yoki yirtilgan boʻlsa – xafagarchilik va baxtsizlik alomati;
Tushda yangi koʻylak – quvonch, daromad va ishlarning yurishib ketishini namoyish etadi;
Barcha kiyimlarning yonishi, yongʻin ichida qolib ketishi – tuhmat, haqoratlanish, doʻstlar bilan janjallashishni anglatadi;
Oʻzining yorqin va och rangli koʻylakda koʻrish – fazilatlarda yuksalish, ulugʻlash va boylik orttirishdan darak beradi;
Libosni yoʻqotish – sharafdan mosuvo boʻlish;
Erkak kishi tushida ayollar koʻylagini kiygan boʻlsa – yolgʻon, ayol kishi erkaklar koʻylagida boʻlsa, maftun etish belgisidir.
TUSHGA KOʻYLAK KIRISHINING TAʼBIRI QANDAY?
Payshanbadan jumaga oʻtar kecha yaxshi tikilgan koʻylak koʻrish – sobiq sinfdoshlar bilan uchrashuvdan gapiradi. Seshanbadan chorshanbaga yoki yakshanbadan dushanbaga oʻtar kun tushda koʻylak yirtilsa, noloyiq xatti-harakatlar uchun taʼqib etilishingizdan. Dushanbadan seshanbaga oʻtishda tushda koʻylak kiyib koʻrish – raqibingiz kim ekanligini atrofingizdagi odamlardan bilib olasiz.

TUSHDA KOʻYLAK KOʻRSA: SVETKOV TAʼBIRI
Koʻylak kiyib koʻrish – tanishlar orasida muvaffaqqiyatga erishish, ambitsiyalar. Sotib olish – hasad.

Uni oʻlchash – agar kimdir bilan yaqin munosabatlarda yoki turmush qurmoqchi boʻlsangiz, unda bunday tush sizni sevib qolgan shaxsni olib ketishi mumkin boʻlgan raqibni vaʼda qiladi. Biroq, tushda koʻylakning qomatga mos kelishi – muhabbat frontida raqiblar ustidan gʻoliblikni vaʼda qiladi. Oʻzini chiroyli liboslar bilan koʻrsa – jamiyat tomonidan tan olinishi kutilmoqda.

XXI ASRNING TUSHLAR TALQINI
Yaxshi holatda boʻlsa – shon-sharafga erishishingiz;
Juda qimmat koʻylak – hasad;
Kir, iflos – norozilik, sharmandalik;
Koʻp joyi yirtilgan – muammoga, yolgʻonga;
Tikilgan – quvonchga;
Juda uzun boʻlsa – kutilmagan hodisa;
Kalta boʻlsa – sovgʻa olish belgisi;
Qogʻozdan tikilgan boʻlsa – daromadga;
Toʻy koʻylak – biznesda muvaffaqiyat qozonish;
Motam libosi – yangi doʻstlar orttirishga;
Ipak matodan koʻylak – qilgan xatoingiz tufayli juda xavfli kishining qoʻliga qarab qolishingiz mumkin;
Juda xavfli va qoʻrqinchli insonga qarashingiz mumkin degan maʼnoni anglatadi.
Moviy rangli libos koʻrish – ruhiy azob-uqubatlarga.
Yashil rangli koʻylak kiyish – baxtga ishora.
XASSE TALQINI BOʻYICHA: TUSHDA KOʻYLAK
Yangi hashamatli koʻylak – qoniqish;
Tushda uni sotib olish – doʻstlaringiz bilan yarashish;
Qora koʻylak – noxush yangiliklar;
Samoviy rang yoki yashil koʻylakni koʻrish – sizning orzularingiz amalga oshadi;
Sariq rangli boʻlsa – hasad, yolgʻon;
Oq koʻylak – tez orada nikoh;
Tikish – mehnatning taqdirlanishi;
Qizil libos – sizning sharafingiga putur yetadi;
Turfa rangli libos – sizni safar kutmoqda;
Kulrang kiyim koʻrish – sizni ish kutmoqda;
Tillarang toʻqilgan boʻlsa – baxt va kuchli himoya;
Koʻp kiyim – haqorat, tuxmat.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.