Tushda it koʻrish - u quvlasa, tashlansa, tishlasa, qochsa, taʼbiri qanday?

Itlar ham vafoli doʻst, ham ashaddiy dushman boʻlishi mumkin. Tushda it koʻrish – siz va ishongan doʻstingiz orangizda munosabatlar ishonchli ekanligini anglatadi. Tushda yovvoyi it koʻrsa – bir qarashda hal qilib boʻlmas muammoni hal qilishga ishora. Albatta, har ikki holatda ham, tush taʼbiri itning qay obrazda ekanligi aksi boʻladi: yaxshi yoki yomon.
TUSHDA IT KOʻRISH: MILLER BOʻYICHA
Agar tushga yomon, gʻazablangan it kirsa – muvaffaqiyatsizliklar va raqiblaringizning hiyla-nayranglariga tayyor turing. Yuvosh it – omad va haqiqiy doʻstlar paydo boʻlishidan darak beradi. Agar tushda zotli itning egasi boʻlsangiz, unda sizni yaxshigina daromad kutmoqda. Tushda it kishining izidan kelayotgan boʻlsa – xomhayollik tufayli katta yoʻqotishlarga duchor boʻlish mumkinligidan ogohlantiruv.
Tushda it tishlasa – yaqin kelajakda biznes sheriklar bilan ham, turmush oʻrtogʻingiz bilan ham yaxshi munosabatlarni kutmang. Ozgʻin va iflos itlar – oldinda turgan muvaffaqqiyatsizlik yoki kasalliklardan darak.
Itlarning akkilashini eshitish – sizni noxush yangilik kutmoqda. Uyda tozi, ovchi it boqish – biznes uchun qulay shart-sharoitlarni aks ettiradi. Zotli chiroyli itchalar – qizlarga yengiltabiat oshiq paydo boʻlishini vaʼda qiladi.
Tushda katta it bilan uchrashish va uning tishlashidan qoʻrqish – barcha narsaga qarshilik koʻrsatish, mustaqil boʻlishga intilish istagining aksi. Ayollar uchun bu tush juda munosib umr yoʻldoshni vaʼda qiladi.
Kishining ortida itlar akkilasa – uning manfaatlariga kimdir putur yetkazmoqchiligidan ogohlantirish. Baʼzan bu tush magʻlubiyatni anglatadi, lekin har doim bu faol qarshilik koʻrsatish uchun belgi boʻlib sanaladi.
It va mushuk bir-biri bilan talashib ketsa – ishqiy munosabatlarda muvaffaqqiyatsizlikka. Biroq, ularni suv sepib quvib yuborish ijobiy oʻzgarishlarga.
Atrofingizda quvnoq va doʻstona ruhda aylanayotgan oq it – biznes va shaxsiy hayotda ulkan muvaffaqiyatlarni namoyish etadi.
Koʻp boshli it sizni bir vaqtning oʻzida bir nechta ishga yondashmaslikdan ogohlantiradi: bu hotirjamligingizga salbiy taʼsir qilib, intilishingizni soʻndiradi.
Tushda qutirgan itdan qochish – oldinda kutilayotgam kurashning gʻolibi boʻlish uchun xarakterning barcha kuchlarini safarbar qilishga koʻrsatma. Agar uni haydab yuborish yoki oʻldirish uddalansa, tush yaxshiliikka boʻladi.
It bilan sayr qilish davomida u ilonni oʻldirsa – bu juda yaxshi belgi.
TUSHDA IT KOʻRSA: VANGA BOʻYICHA
Tushda egasiz itni koʻrish yomon belgi. Bunday tush yaqin doʻstingiz hozir juda ogʻir ahvolda ekanligi haqida gapiradi. U oʻz muammolari bilan sizni yuklamoqchi boʻlmaganligi uchun yordam soʻramaydi.
Tushda mutlaq oq itni koʻrsa – oʻngda yaqin doʻstlar yordamiga doimo tayanish mumkin. Baʼzida bu tush koʻp yillar davomida koʻrmagan eski qadrdon bilan uchrashuvni bashorat qiladi.
Agar tushingizda qora itni koʻrgan boʻlsangiz, unda siz uzoq vaqtdan buyon doʻst deb hisoblagan inson sizga nisbatan adolatsizlikda boʻlishiga. Ogʻir damlarda u nafaqat sizdan yuz oʻgiradi, balki sizni yerga urish uchun sirlaringizni oshkor ham qiladi.
Juda bahaybat it – bu yaqin kelajakda yaqin doʻstingiz boʻlib qoladigan odam bilan tanishishingiz mumkinligini isbotlaydi. Baʼzida bunday tush kishining eski doʻsti tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini bildiradi.
Tushda itni boqish, unga yegulik berish – haqiqiy hayotda siz tayansa boʻladigan kishi ekanligingiz belgisi. Siz mustaqil va jiddiy shaxssiz, shuning uchun boshqalar sizni hurmat qilishadi va sevishadi.
Tushda yarador yoki oʻlgan itni koʻrsa – bunday tush yaxshilikka emas. Yaqinda sovuq xabar eshitish ehtimoli mavjud.
It sizni himoya qilsa, demak real hayotda siz ilohiy kuchlar himoyasidasiz, qoʻrquvga hojat yoʻq.
Kishiga tushda it tashlansa, hujum qilsa, unda bunday tush ongda u qora kuchlar bilan toʻqnash kelishi mumkinligini koʻrsatadi
NOSTRADAMUSNING TUSH KITOBI: IT
It – vafo ramzi.
Uysiz, egasiz it – bu yil katta qiyinchiliklar va mehnat bilan toʻplangan mablagʻni osonlikcha yoʻqotish mumkinligi haqida ogohlantirishdir.
Oyoqlari ostida ilon yotgan it – noodatiy, ammo foydali boʻlgan birlashuv.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!