🌙 Tush tabiri

Tushda ot koʻrish - oq va qora oʻt koʻrsa, minsa, tepsa nimani anglatadi?

2 daqiqa 34.1K marta oʻqildi
Tushda ot koʻrish - oq va qora oʻt koʻrsa, minsa, tepsa nimani anglatadi?
Tushda oq ot minish – bu ajoyib belgi. Bu birinchi navbatda doʻstona rishtalarning mustahkamligi va doʻstlar bilan uchrashish natijasida quvonchi lahzalarni vaʼda qiladi. Agar ot kirligini koʻrsangiz, unda siz ishonadigan kishilar tomonidan aldanish va hasadga duchor boʻlishingiz mumkin. Tushda qora otda ketayotganlikni koʻrish – ishlaringiz uoq vaqt davomida yurishgan boʻladi va kutilmaganda oʻz bilganlaringiz foydasiz va keraksiz ekanligini kashf etasiz.

Umuman olganda, tushda chiroyli otlarni koʻrish muvaffaqiyat va farovonlik, hurmat-izzatga erishishni vaʼda qiladi. Agar shaffof daryo uzra otda yurib oʻtishni koʻrsa – baxt nishonasidir, ammo suv loyqa va qora boʻlsa, bu xursandchilikka emas. Tushda yaralangan yoki oʻlgan ot koʻrish – qaygʻuli xabarlar eshitishga. Otdan yiqilib tushish – taqdir sizni dushmanlaringiz oldida sinab koʻradi yoki kasal boʻlib qolasiz. Tushda ot tozalash – orzularga erishish yoʻlida koʻplab qiyinchiliklarni yengib oʻtishingiz kerakligidan.

Ayol kishi sevgan yori ortidan otda kelayotganini koʻrsa – uning oshiqlari koʻpayishidan darak. Agar ayol kishi tushda otga minsa-yu, undan qoʻrqsa – bu yaqin kishisi rashk qilishi va tashvishlardan gapiradi. Tushda osmondan ot tushsa va begona odam qiyofasiga kirsa va sizga allanima otadigan boʻlsa – bu jiddiy omadsizlik, vaziyatni nazorat qila olmaslikdan darak. Tush vaqtida ot sotib olish va sotuvchi sizni aldamoqchiligini sezish – yoʻqtishlarga, ammo kishi oʻzi ot sotsa va zotdorini oʻziga olib qoʻysa – katta omadga.

SVETKOV TUSH TAʼBIRI: TUSHDA OT KOʻRISH
Tushda ot koʻrsa – taqdir, umid;
Oq ot – shikoyat, ishlarni tartibga solish, toʻy (ayollar uchun);
Otdan tushish – lavozimni yoʻqotish;
Tushda ot minsa – umidlarning roʻyobga chiqishi;
Uyga ot kirsa – egarlangan boʻlsa baxt, nikoh belgisi | egarsiz boʻsa – ishqiy rishtalar;
Ayollar uchun tushda ot koʻrish – munosabatlarga boʻlgan umid, nikohdan darak;
Tushda ot tepsa – ishdarahbarlardan noxaq gap eshitish yoki xotinning gʻij-gʻijlashi belgisi.
Uzun dumli otda yurish – doʻstlarning yordami tegishi;
Tushda otga yemisg berish – yaqin kishingiz yordamingizga muhtoj ekanligidan.
TUSHDA OT KOʻRSA: HAYVONLAR BOʻYICHA TUSH TAʼBIRI KITOBIDA
Ot ikkilangan maʼnoni anglatishi mumkin. Oq, sargʻish va malla rangli otlar Quyosh elementi sifatida, qora ranglisi Oy elementi sifatida mos ravishda hayot va oʻlimni anglatishi mumkin. Ot shuningdek aql, bilim, nur, kuch, tez fikr yuritish va vaqt oʻtishi ramzi ham hisoblanadi.

Tushda ot sotuvchisini koʻrish – moddiy foyda koʻrishdan darak. Tushda otga minib, tor yoʻlak boʻylab adir yoki toqqa koʻtarilish – oʻngda oʻta mustahkam hayotiy oʻringa ega boʻlishdan. Togʻdan pastga tushish – muvaffaqqiyatsizliklarga.

TUSHDA TOYCHOQ KOʻRSA
Toychoq koʻrish – taqdir (barchasi taqdirdan ekanligidan). Agar ona tushida toychoq koʻrsa – oʻgʻil farzand koʻrishidan. Toychoqning qochib ketishi – ajralish, yoʻqotish.

TUSHDA OTXONA KOʻRSA
Tushda otxona koʻrish – omad va muvaffaqqiyat belgisidir. Agar otxona yonayotgan boʻlsa, bu baxtli oʻzgarishlar alomatidir.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.