Tushda quyon koʻrish - ovlash, goʻshtini yeyish, tutish, soʻyish taʼbiri

Tushda quyon koʻrish Svetkovning soʻzlariga koʻra xavf, unga ov qilish – tashvishlar, quyon goʻshtini yeyish – kasallik, yugurib ketayotgan boʻlsa – omad kulib boqmasligi, ogoh boʻlish kerakligi deb qaraladi. Umuman olganda, aksariyat hollarda tushga bu jonivorning kirishi ijobiy maʼnoga ega boʻladi. Boshqa holatlarda esa u qanday maʼno anglatishini quyida bilib olishingiz mumkin.
TUSHDA QUYON KOʻRISH: FREYD BOʻYICHA
Kishi tushda quyon koʻrsa – real hayotda oilasi ahvoliga nisbatan asossiz qoʻrquvlar mavjudligidan darak. Bunga qisman unig rashkchi tabiati sababchidir. Shuni yodda tutingki, ishonchsizlik va rashk har qanday munosabatlarga zarar yetkazishi mumkin.
MILLERNING TUSH TAʼBIRLARI KITOBI: QUYON
Tushda sizdan qochib ketayotgan quyonni koʻrish – siz sirli ravishda qimmatli narsalarni yoʻqotishingiz mumkin degan maʼnoni anglatadi. Uni tutib olsangiz, tanlovda gʻolib chiqasiz. Agar quyonlar sizning sevimli hayvonlaringiz boʻlsa, siz ajoyib, ammo aqlli boʻlmagan doʻstlar qurshovidasiz.
Tushda oʻlgan quyon – doʻstlardan birining kasal boʻlib qolishi yoki vafot etishini anglatadi. Agar quyonni itlar quvlab ketayotgan boʻlsa – yaqinlaringizning tortishuvlar va anglashilmovchiliklarga yoʻliqishi demakdir, bunda faqat siz ularni yarashtira olasiz. Agar tushda quyonni otib qoʻysangiz – oʻz haq-huquqingizni talab qilish uchun jiddiy choralar koʻrishga majbur boʻlasiz.
TUSHDA QUYON KOʻRSA NIMA BOʻLADI: SVETKOV TALQINI
Koʻplab quyonlarni koʻrish – kundalik hayotdan yanada koʻproq qoniqish: siz oldingiga qaraganda koʻproq daromad ola boshlaysiz. Oq quyon – turmush qurganlar uchun ham, qurmaganlar uchun ham sadoqat va baxt ramzi hisoblanadi. Ular atrofingizda sakrab-sakrab yurgan boʻlsa – hayotingizda baxtli burilish sodir boʻlishini anglatadi, uvonch ustiga quvonch – farzandli boʻlishingiz ehtimoli ham mavjud.
XXI ASR TUSH TAʼBIRLARI KITOBI BOʻYICHA
Quyon bolasi – kuchsizlik, zaiflik ramzi. Uni tushda koʻrishning maʼnosi oʻngda qandaydir qoʻrquv bilan toʻqnash kelish mumkinligiga.
Yugurib ketayotgan boʻlsa – daromadga, uni quvlash esa omad kulib boqishiga.
Oq rangli quyon – doʻstlik, qora ranglisi esa xafagarchilikka. Rangi oʻzgarib tursa, soʻnggi paytda tanishgan odamingiz ikkiyuzlamachi boʻlishi mumkinligiga.
Quyon boqish – nikoh toʻyiga ishora.
Juda koʻp boʻlsa – siz toʻgʻri yoʻlda ketayotganingizdan darak.
Agar u sizni tishlasa – yordam koʻrsataman deb kishiga noqulaylik yetkazmaslikka harakat qilish kerakligi, yordamni ortiqcha koʻz-koʻz qilmaslik kerakligiga ishora.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!