🌙 Tush tabiri

Tushda suv koʻrsa nimani anglatadi - toshqin, koʻrish, suzish, ichish taʼbiri

4 daqiqa 77K marta oʻqildi
Tushda suv koʻrsa nimani anglatadi - toshqin, koʻrish, suzish, ichish taʼbiri
Tushda suv koʻrish Ayurveda tush kitobida tugʻilish belgisi sifatida talqin qilinadi, ammo suv qanday boʻlgani, qay holatda koʻrilganiga qarab, bunday tushning maʼnosi turlicha boʻlishi mumkin.

TUSHDA SUV KOʻRISH – LOFFNING TUSHLAR TAʼBIRI BOʻYICHA
Suv insoniyat tarixida katta rol oʻynaydi. U chuqur koʻl, sayoz daryo yoki ulkan dengiz, ummon boʻlishidan qatʼiy nazar, tiriklik uchun ham doʻst, ham dushman hisoblanadi. Shu sababli, tushda suv koʻrish qanday kechishini bilib olish kerak. Suv toʻlqinlanib, bu suv toshqini sizni qoʻrquvga solmoqdami yoki siz suvda choʻkib ketib, kuchli qoʻrquvni his etdingizmi? Bu uning “dushman qiyofasi” – oʻngingizda sizda muammolar kuzatilishi mumkinligiga tayyor turing. Tushda suv sizga orom bagʻishlagan boʻlsa, siz chanqogʻingizni qondirib suv ichgan boʻlsangiz, goʻzal manzara qurshovida, sohilda dam olib yotgan boʻlsangiz, bu suvning “doʻst” qiyofasidir, mos ravishda oʻngingizda ham sizni xushhabar va omad kulib boqishi kutmoqda.

TUSHDA SUV KOʻRSA NIMA BOʻLADI: NOSTRADAMUS BOʻYICHA
Suv – hayot ramzi. Ulkan hajmdagi kristal toza suvni koʻrish – bu tush qulay ob-havodan darak boʻlib, qishloq xoʻjaligi ishlariga katta foyda keltiradi. Tushda suv ichish va stakanning tubida pashsha borligini koʻrish – sud jarayoni, jamiyatning ertangi kunga boʻlgan ishonchini oʻzgartiradigan ogʻirlik va qiyinchiliklarni anglatadi. Suvning joʻshqin otilib chiqayotganini koʻrish – yangi ilm yoki fanning tugʻilishidan, kashfiyot va tadqiqotlar uchun qulay davr ekanligidan darak. Qon aralash boʻlgan suv koʻrish – buyuk inson tugʻilishi belgisi.
Tushda qon koʻrish taʼbiri haqida→

TUSH TAʼBIRI: SUV KOʻRISH – MILLER BOʻYICHA
Tushda toza suvni koʻrish – farovonlik va baxtli istiqboliga erishish belgisi.
Suv loyqa, xira boʻlsa, siz xavf ostida qolasiz va xursandchilik qaygʻuga aylanadi.
Agar tushda uyni suv bossa va uning sathi koʻtarilayotgan boʻlsa – siz yovuzlikka qarshi kurashasiz, unga qarshilik koʻrsatasiz, lekin suv ostida choʻkib oʻlish – taslim boʻlishingizni anglatadi.
Agar siz nam yerda yurib ketayotgan boʻlsangiz va oyoqlaringiz hoʻl boʻlib qolganini his qilsangiz, bu tush kasalliklar va qashshoqlik haqida gapiradi, lekin siz ogoh boʻlsangiz, buni oldini olishingiz mumkin.
Xuddi shu talqin kemaning ichini loyqa suv bosishi uchun ham oʻrinlidir.
Loyqa suvga tushib ketish – bu sizni juda koʻp achchiq xatolarga yoʻl qoʻyishingiz va bundan kuchli afsuslanishingizni bildiradi.
Tushda loyqa suv ichish – kasallik elchisidir, ammo toza va shaffof suv ichish eng jasoratli umidlarning ham ijobiy yakunlanishi belgisidir.
Suvda sport bilan shugʻullanish (suzish) – sevgi va ehtirosning toʻsatdan uygʻonishi demakdir.
Agar tushda kishi boshiga suv sachrasa – baxtli yakun topadigan sevgi inʼomini uygʻotadi.
SUV KOʻRISH TABIRI HAQIDA: SVETKOV BOʻYICHA
Toza, salqin ichimlik suvini ichish – baxt, salomatlikka;
Loyqa, iliq suv ichsa – kasallikka;
Loyqa suv kechib yurish – sodir boʻlgan baxtsizlik yaxshilikka ekanligidan;
Suvga batamom shoʻngʻish, tushish – shaxsiy hayotda muammoga duch kelish;
Bosh bilan shoʻngʻish – xavfdan qochib qutilib qolish;
Suv ostida hoʻl boʻlish (masalan yomgʻir yogʻishi tufayli) – munosabatlarda uyatda qolish, xiyonat va shaxsiy hayotdagi rejalarning vayron boʻlishi;
Suvda yuvinish, choʻmilish – quvonch, ozodlikka;
Suv quyish – sharmandalikka, xatolarga;
Sugʻorish – yoʻqotishga;
Sharsharaga qarash – dahshatli uchrashuv;
Boshiga suv sepilsa – kutilmagan ehtiros;
Tushda suv tortib olish – qaygʻu va uqubat;
Daryodan suv olish – kimdandir pul olish, quduqdan suv tortish – baxtsizlikka;
Iliq suv ichish – qaygʻu, kasallikka;
Suv tubida biron narsa koʻrish – oʻtmishning aksi;
Suvdan biron narsa suzib chiqsa munosabatlar yoki ogʻir kunlarning qayta boshlanishi, oʻtmishda qilgan ishlardan afsuslanish;
Devordan suv sizib chiqishi – er tomonidan yoki oiladagi muammolar;
Quvurladan suv oqishi – tuhmatga qolish;
Pol ostidan suv toshib chiqayotgan boʻlsa – dushmanlar tomonidan zarar yetkazilishi yoki doʻstlarning sotqinligi;
Tomdan suv oqayotgan boʻlsa – rahbariyatdan dakki eshitish.
Kishi tushda suvda suzsa – hozirda sevib qolganlik hissini boshdan kechirayotganligi va shu sababli oʻz burchi va ishlari haqida unutib qoʻyayotganidan darak. Shuning uchuu tushda suzish kishini sergak torttirishi kerak.
Tush taʼbiri: suv toshqini qanchalik gʻalati eshitilmasin, yaxshi ishlarga, boshlangan ishlarning omadlik yakunlanishiga hisoblanadi.

TUSHGA SUV KIRISHI TAʼBIRI: VANGANING TUSH KITOBIDA
Suv – oʻzgarish, qarama-qarshiliklarning yechim topishi, evolyutsiya, yangilanish, gunohlarning yuvilishi va unutish ramzidir. Tushda toza sovuq suv ichish – atrofingizdagi olam yangilanadi va siz ham bu jarayonga jalb etilasiz. Agar ustingizdan suv quyilayotgan boʻlsa, bu siz tomonga keladigan kosmik taʼsir toʻlqining alomati boʻlib, unga qarshilik qilish bemaʼnodir. Agar siz koinot bilan uygʻunlasha olsangiz, unda siz ajoyib inson boʻlib, butun dunyoga mashhur boʻlasiz.

Tushda loyqa suvga qarash – muammo, odamlar bilan boʻlgan munosabatlarning murakkablashuvi belgisi. Yaxshi va sabr-toqatli boʻling, aks holda boshqalarda shaxsingizga noloyiq taassurotlar hosil qilasiz. Tushda suv toshsa va uyni suvga toʻldirsa – juda koʻplab xabarlar eshitish, ularning biri kishini oʻziga va boshqalarga boʻlgan munosabatini tubdan oʻzgartirib yuborishi mumkinligidan.

Tushda suvda choʻkib ketish – oʻngda voqealarning qonuniyat boʻyicha ketayotgan rivojiga qarshi turish, buning natijasida sogʻliqqa putur yetishi mumkin. Suv yuzasida toʻlqinsimon aylanalarni koʻrish – yaqinda kutilayotgan oʻzgarishlarni qiyinchilik bilan qabul qilasiz, ammo unga dosh bera olgach, shon-sharafga erishasiz. Tushda koʻlmak koʻrish taʼbiri – agar undagi suv toza boʻlsa daromadga, loyqa boʻlsa xiyonatgadir.

TUSHDA SUV ICHISH: SVETKOV BOʻYICHA
Suv ichishni xohlash, chanqagan boʻlish – tashvishlar. Toza suv ichish – ishlarning yurishib ketishi, loya suv ichish esa kasallikkadir.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!