🌙 Tush tabiri

Tushda sut koʻrish taʼbiri - uni ichish, sogʻish, toʻkish kabilar nimani anglatadi

1 daqiqa 32.9K marta oʻqildi
Tushda sut koʻrish taʼbiri - uni ichish, sogʻish, toʻkish kabilar nimani anglatadi
Tushda sut ichish – fermerlar va dehqonlar uchun yaxshi hosil olish va uyda toʻkin-sochinlik boʻlishi deya talqin qilinadi. Sayyohlar uchun omadli sayohat demakdir. Tushga sut kirsa, bu ayollar uchun ijobiy belgi sanaladi. Agar sut juda koʻp boʻlsa – sizni oldinda boylik va salomatlik kutmoqdaligiga. Svetkovning soʻzlariga koʻra, umuman olganda sut yaxshilikka deb hisoblanadi.

TUSHDA SUT KOʻRISH
Sut tarqatish – oʻzingizning manfaatingiz yoʻlida yaxshi tomonlaringizni ham koʻrsatishingizni anglatadi. Sutni toʻkib yuborish – sizda yengil yoʻqotishlar boʻladi va vaqtinchalik baxtsizlikdan aziyat chekasiz. Xuddi shunday taʼbir iflos, kir sutni ichish koʻrilsa ham oʻrinli boʻladi.

Tushda achigan sut ichish – doʻstlaringizning aziyat chekishi sizga ham taʼsir qiladi. Ularga yordam qoʻlini choʻzishni oʻylab koʻring.
Chanqoqni bosish maqsadida sut ichsa, lekin chanqoq umuman qolmasa – oʻzingiz uchun muhim boʻlgan buyumni yoki yuqori martabali doʻstning ishonchini yoʻqotish mumkinligiga.
Tushdagi issiq sut ichish – yakunida boylikka va orzu-istaklaringiz roʻyobga chiqadigan kurashni anglatadi.
Sutda choʻmilish – doʻstlaringiz davrasida zavq va vaqtichogʻlik demakdir.
TUSHDA SUT KOʻRSA
Sut sogʻish, uni bir idishdan ikkinchisiga quyish – mustahmak munosbatlar qurish uchun mashaqqatli kurash olib borish kerak boʻladi.
U qaynayotgan boʻlsa – bu sizga juda maydagap ekanligingizdan ogohlantirish. Yaqinlaringiz orasida obro’-eʼtiborni yoʻqotishdan saqlaning.
Sut sotib olish – martabangiz yanada ulugʻlashiga.
Uni qaynatish – omadsizlikka.
Agar u pishirish vaqtida qozondan toshib ketadigan boʻlsa – siz xato qilishdan xavfsirab turibsiz, lekin qoʻrquvlaringiz asossiz, oʻzingizga boʻlgan ishonchni oshirish kerak.
Tushda ona (koʻkrak) suti koʻrish – siz rejasiz ish bajarayotganingizga, “yetti oʻlchab, bir kes” shu yerda ayni oʻrinli boʻladi.
Turmush qurgan ayollar bunday tush koʻrishsa – yaqinda homiladorlik boʻlishlari kutilmoqda.
Agar u toʻkilsa – hozirgi muvaffaqqiyatsizlik vaqtincha, olgʻa sari intilib, ruhni soʻndirmaslik kerak.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!