🌙 Tush tabiri

Tushda toʻy koʻrish taʼbiri - toʻyda boʻlsa, kelin va kuyov koʻrsa nimani anglatadi?

3 daqiqa 19K marta oʻqildi
Tushda toʻy koʻrish taʼbiri - toʻyda boʻlsa, kelin va kuyov koʻrsa nimani anglatadi?
Tush taʼbiri kitobida tushda toʻy koʻrsa – qaygʻu, oʻlim; toʻyda oʻynash, raqsga tushish – qarama-qarshi jins vakili bilan muammolar yuzaga kelishi; mehmonlar bilan muloqot qilish – ishlar chalkashib ketishi deya talqin qilinadi.

TUSHDA TOʻY KOʻRSA: MILLER TUSH TAʼBIRI BOʻYICHA
Tushda oʻzini toʻyda koʻrish – muvaffaqqiyat yoʻlida sizga toʻsiq boʻladigan va sizni tashvishlantiradigan vaziyatlardan chiqib ketishingizni bildiradi.
Agar yosh ayol tushda yashirin nikohdan oʻtganini koʻrsa – bu uning tabiati xararkteristikasi uchun juda noxush. Ehtimol, tush uni oʻzini bosib olish kerakligi haqidagi fikriga olib keladi. Agar u tushida taklifni qabul qilsa, demak, u yuqorida turadiganlarning nazarida bir pogʻona koʻtariladi va vaʼda qilingan ishlarda aldanib qolmaydi. Agar u tushda sevgilisi boshqaga turmushga chiqqanini koʻrsa, bu hozirda tashvishlar oʻrinsiz va qoʻrquvlar hayoliy ekanligini bildiradi.
Agar erkak tushida uylanganini koʻrsa – bu xursandchilikka emas.
Agar yosh ayol oʻz toʻyida biron kim aza tutganini koʻrsa – bu uning oilaviy hayoti baxtsiz boʻlshidan darak. Agar bu hodisa doʻstlari toʻyida kuzatilsa, ayol doʻsti yoki dugonasining baxtsizligi tufayli xafa boʻladi.
FREYD TUSH TAʼBIRI: TOʻY KOʻRISH
Tushda boshqa odamning toʻyiga borsa, yaxshi yangilik eshitishga tayyor turish kerak, garchi bu siz bilan bevosita bogʻliq boʻlmasa-da, sizga ham tegishli boʻladi. Agar odam oʻz toʻyini koʻrsa, bu kutilmagan hodisalar yuz berishi kutilishidan darak, unga nisbatan tushunuvchan munosabatda boʻlish va u nimani anglatishini yaxshilab oʻylab koʻrish kerak.

TUSHDA TOʻY BOʻLSA: SVETKOV TUSH TAʼBIRI KITOBIDA
Tushda toʻyda boʻlish – toʻy ishtirokchilari uchun qaygʻu yoki muammo; tushni koʻrgan kishi uchun – kasallik; doʻstlar, tanishlar toʻyiga borish – sherikchilik asosidagi ishlar (kelinning koʻrinishi qanday boʻlsa – ishlar ham shunday boʻladi).

TUSHDA TOʻY KOʻRISH NIMANI BILDIRADI: VANGA BOʻYICHA
Tushda toʻyda aylanib yurish – eski doʻstlar doirasidagi quvnoq bazmdan darak. Ehtimol, ushbu bazmda siz hayotingizning mazmuni boʻladigan shaxs bilan tanishib qolasiz.
Tushda oʻzining toʻyi boʻlsa – yaqin orada siz qiyin qaror qabul qilishingiz kerakligi haqida guvohlik beradi. Ehtimol, kelajakdagi hayotingiz bu qarorga bogʻliq boʻladi.
Agar siz toʻyda hurmatli mehmon sifatida ishtirok etayotganingizni koʻrsangiz, haqiqiy hayotda yaqin insonlardan biri sizning yordamingizga juda muhtoj boʻladi. Bu odamni rad qilmang, chunki yaqin orada sizda uning xizmatlariga ehtiyoj tugʻiladi.
TUSHDA KUYOV KOʻRISH
Svetkov boʻyicha

Toʻydagi kuyov – tashvishlar, ishlarni muddatida yakunlay olmaslik, toʻsiqlarni bildiradi; toʻyda kuyovning kulishi – aldanish belgisidir.

Freyd boʻyicha

Tushga kuyov kirishi (kimningdir kuyovi emas, balki abstrakt, kostyum va anʼanaviy guldasta bilan) sizning shaxsiy hayotingizda oʻzgarishlar yuz berishini vaʼda qiladi. Siz yoki yangi tanishlar orttirasiz, yoki oilaviy holatingizni oʻzgartirasiz – turmush qurmaganlar turmush qurishadi.

Toʻyda kelinsiz kuyov – intim hayotda muammolar mavjudligidan. Agar toʻyda ham kelin, ham kuyov boʻlsa, demak intim hayotda hammasi havas qilgudek.

Ayurveda talqini boʻyicha tushda kuyov koʻrish

Bunday tush baxtsizlik elchishidir. U qaygʻu va umidsizlikni bashorat qiladi. Yaqin kishini yoʻqotish mumkin.

TUSHDA KELIN KOʻRISH: SVETKOV BOʻYICHA
Kelin – kutish belgisi; erkaklar uchun ishlarda umid; tushda kelin boʻlish – daromadga.

KELIN HAQIDAGI TUSHNING MAʼNOSI: FREYD TUSH TAʼBIRI KITOBI BOʻYICHA
Xotin-qizlar uchun tushda oʻzining sevimli insonining kelini boʻlish shaxsiy munosabatlarda tez orada oʻzgarish roʻy berishidan. Ehtimol, bu uzoq muddat gaplashmayotgan odam bilan yarashishni anglatishi mumkin.

Agar erkak oʻzining yaxshi koʻrganini yoki hatto xotinini kelin obrazida koʻrsa, bunday tush hozirgi vaqtda u oʻz erkaklik kuchlariga ishonchi komil emasligidan gapiradi, unga tez orada barcha narsa muvaffaqqiyatsizlikka uchrashidek tuyuladi. Tushida esa erkak muvaffaqqiyat kafolatlangan vaqtga qaytishga harakat qiladi.

TUSHDA KELIN KOʻRISH: MILLER BOʻYICHA
Agar yosh ayol tushida oʻzini kelin ekanligini koʻrsa – bu unga juda yoqadigan meros olishini bildiradi. Ammo bu talqin faqatgina ayol toʻy libosi – oppoq koʻylak kiyganidan xursand boʻlsagina oʻrinli. Agar u oʻzini kelin koʻylagida noqulay his etsa va bundan xursand boʻlmasa, uning oʻz bogʻliqliklaridan koʻngli qoladi.

Tushda kelinni oʻpish – doʻstlarning baxtli yarashuvidir. Agar tushda kelin boshqalarni oʻpayotgan boʻlsa, bu sizga koʻplab doʻstlar va zavqli lahzalarni vaʼda qiladi.

Agar tushda toʻy vaqti kelin sizni oʻpsa, bu sizni salomatligingiz ajoyib darajada boʻlishidan darak. Kelinni oʻpish va uni charchagan va xafa ekanligini koʻrish – sizga muvaffaqqiyatlarning zavqi va doʻstlarning qoʻllab-quvvatlashi yetishmayotgani belgisi.

Agar toʻydan oldin qiz boʻlajak turmush oʻrtogʻiga befarq ekanligini koʻrsa, bu uning yangi hayotining dastlabki kunlarini buzadigan koʻplab noxush vaziyatlarga duch kelishidan gapiradi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!