Tushda tish tushishi koʻrish - taʼbiri, mazmuni, tushda tish tushsa nima boʻladi?

Yer yuzida deyarli har bir kishi tush koʻradi: rangli, oq-qora, yoqimli yoki gʻalati, ahmoqona yoki sirli. Ana shunday tushlarning biri tushda tish tushishi boʻlishi mumkin. Psixologiyada tushda kishini hayajonga, qoʻrquvga soluvchi, xususan, tushda tish tushishini yoki yoʻqligini koʻrish oʻsha kishini baʼzi hodisalarga boʻlgan munosabatini oʻzgartirishi yoki boshqa nazar bilan qarashiga undash uchundir.
Psixologik nazariyadan kelib chiqib yana shuni aytish mumkinki, tushda tish tushsa, bu yaqin kishilarni yoʻqotishdan qoʻrqishning aksi boʻlishi mumkin, bu ham jismoniy maʼnoda, ham ularning qoʻllab-quvvatlashi, mehri, muhabbatini yoʻqotishni ham nazarda tutadi.
TUSHDA TISH TUSHSA
Xalq orasida bunday tushlar quyidagicha talqin qilinadi: tushda tish tushishi yaqinlashib kelayotgan jiddiy halokatdan gapiradi. Agar tish tushganda qonasa – bu orzu siz bilan qondosh boʻlgan yaqin qarindoshning oʻlimini bildirishi mumkin. Agar tish qonamasdan tushgan boʻlsa, unda bunday tush oila aʼzolaringizning kasallanishidan darak beradi.
TUSHDA TISHNING TUSHISHI: ITALIYA TUSH TAʼBIRI KITOBI
Italiyancha tushlar kitobi tish tushishini hayotiy energiya, quvvat, ijobiy kayfiyatning yoʻqotilishi bilan bogʻlaydi, faqat bitta nyuans – bu talqin bir vaqtda bir nechta tish tushganda oʻrinlidir. Tishsiz tish qatori esa yaqin orada kasallanib qolish xavfi mavjudligidan darak beradi.
TUSHDA TISH TUSHISHI: SVETKOV BOʻYICHA
Svetkov tush taʼbiri kitobiga koʻra, tish tushishi – muvaffaqqiyatsizlik, muhim ishda kutilgan natijaga erishmaslik, rejalarning tanazzulga uchrashi belgisidir. Ammo, agar tushda tish tushishi qon oqishi bilan kechsa, bu qondosh boʻlgan kishining oʻlimi haqida gapiradi.
Agar tushda tish tushsa va bunda qon chiqmasa, bu yaqin kishilar bilan janjallashib qolish, ular bilan begonalashib ketish, oila aʼzolaringizdan uzoq boʻladigan joylarga koʻchib ketishdan darak.
XXI ASR TUSH TAʼBIRI KITOBIDA TISH TUSHISHI HAQIDA
Bunga koʻra, tushda tish qimirlasa yoki tushsa, yaqin kelajakda ishlaringizda omad sizga kulib boqmasligidan gapiradi.
TUSHDA TISH TUSHSA: MILLER BOʻYICHA
Millerning tushlar kitobi tushida tishi tushgan odamni ogʻir vaqtlar kelishi, ishda, oilada qiyinchiliklar, uning aqliy va hatto jismoniy sogʻligʻiga putur yetkazadigan ruhiy azoblar boshlanishidan ogohlantiradi.
Agar tushda tish sinishi yoki u urib tushirilishi koʻrilsa, bu doʻst qiyofasida yashirinib yurgan dushmanlar mavjudligidan gapiradi, ular sizga ziyon yetkazish uchun shunchaki qulay vaqtni kutib yurishibdi. Agar tushda tushishidan oldin tish sinsa yoki yorilsa, bu sizning sogʻligʻingizga ziyon yetkazlishi yoki ishdagi ogʻir yumushlar tufayli karyerangiz zarar koʻrishini anglatadi.
Barcha tishlarni tupurib tashlash – ushbu tushni koʻrgan odamning oʻzi yoki uning yaqinlari yaqin orada jiddiy kasallanib qolishlari mumkinligidan. Tushda tishni olib tashlashdan keyin undan qolgan chuqurchani izlash – unchalik ham xush koʻrmagan kishingiz bilan yaqin orada uchrashishingiz mumkinligidan.
Bundan tashqari, Miller tush taʼbiri kitobida tushida bitta tishni yoʻqotish – bu noxush yangilik va yomon xabar eshitishdan deydi. Agar bir vaqtning oʻzida bir nechta tishlar yoʻqotilgan boʻlsa, hayotda “qora chiziq”qa tayyor turing, muvaffaqiyatsizliklar va yoʻqotishlar sizni uzoq vaqt davomida taʼqib qiladi. Bunda barchasiga aybdor faqat oʻzingiz boʻlasiz.
TUSHDA TISHLAR TUSHISHI: NOSTRADAMUS BOʻYICHA
Nostradamus tush kitobida uyqudagi odam tish tushishini koʻrsa, uning hayotiy pozitysiyasi beqaror, unda ustunliklarning yoʻqotilishi mumkinligi qayd etilgan. Bunday tush koʻrgan odam hayotiy maqsadlarini qayta koʻrib chiqishi kerak, aks holda energiya va kuchlari besamar ketishi mumkin.
TUSHDA TISH TUSHISHI KOʻRSA: CHJOU-GUN BOʻYICHA
Chjou-Gunning fikriga koʻra, odamda tushda tish tushsa, bunday tush koʻrgan odamning ota-onasi bilan baxtsizlik roʻy berishi mumkinligidan. Agar tish tushsa-yu, soʻng joyida yangi tish chiqsa, bunday tushni yangil avlodlar kelishi, baxtli va sokin hayot deya talqin qilish mumkin.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!