Alisher Fayz - Dastingdan

Yoʻllarimga termulib, oynadan qarab,
Sochlaringni ataylab men uchun tarab,
Ostonadan kelar chogʻim tabassum bilan
Koʻnglimni togʻday koʻtar holimni soʻrab-ey.
Kel, bagʻrimga kel, bagʻrim yonsin taftingdan,
Ishq daryosida suvlar ichay kaftingdan,
Pichirlab isming soʻylab, kun boʻyi sani oʻylab,
Mana axir oqibat shoir boʻldim dastingdan-ey, dastingdan.
Koʻzlar aro chaqnasa chaqinlar shu payt,
Ishqimizdan bitilsa ajib goʻzal bayt,
Yuragingda bor dardingu bor mehring bilan
Bir umrga bir oʻzimga keraksiz deb ayt.

Mana oxir-oqibat shoir boʻldim dastingdan-ey, dastingdan.
Sadoqatim oʻzgarmas, sevgidan kechib boʻlmas,
Toʻlin oy kabi toʻlgan goʻzallarni koʻrsam ham,
Sevgi guli soʻnmagay, chin oshiqlar oʻlmagay,
Mehrim aslo oʻzgarmagay, jonim, mingga kirsam ham.
(Kel, bagʻrimga kel, bagʻrim yonsin taftingdan,
Ishq daryosida suvlar ichay kaftingdan)
Baralla isming soʻylab, bir umr sani oʻylab,
Cholu kampir boʻlsagam yashnab yuray baxtimdagi baxtingdan.
(Kel, bagʻrimga kel, bagʻrim yonsin taftingdan)
Dastingdan…
(Ishq daryosida suvlar ichay kaftingdan)
Kun boʻyi sani oʻylab shoir boʻldim dastingdan…

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!