Lola - Kel

Sensiz uyim huvillab qolar,
Oʻylab koʻrsam vujudim titrar,
Ketganingdan koʻp vaqt oʻtmadi.
Ammo sensiz boʻlgan nonushtalar,
Tobora menga seni eslatar
Javondagi bu suratlar,
Tinmay yuragim soʻrar.
Kel, bir bor bagʻrimga toʻyib bosay,
Kel, sevgimga yana men erishay.
Kel, qaygʻularimdan yiroq ketay,
Kel, yana sevay, men his etay mehringni.
Sensiz qalbim quvonch sezmas,
Oʻylab koʻrsang bir mendan emas,
Ikkimizdan ham xato oʻtdi.
Ammo ginalarni unutganman,
Har kun, har tun seni kutaman,
Goʻyo hozir sen kelasan,
Tinmay yuragim soʻrar.
Kel, bir bor bagʻrimga toʻyib bosay,
Kel, sevgimga yana men erishay.
Kel, qaygʻularimdan yiroq ketay,
Kel, yana sevay, men his etay mehringni.
Oʻylab koʻrsam vujudim titrar,
Ketganingdan koʻp vaqt oʻtmadi.
Ammo sensiz boʻlgan nonushtalar,
Tobora menga seni eslatar
Javondagi bu suratlar,
Tinmay yuragim soʻrar.
Kel, bir bor bagʻrimga toʻyib bosay,
Kel, sevgimga yana men erishay.
Kel, qaygʻularimdan yiroq ketay,
Kel, yana sevay, men his etay mehringni.
Sensiz qalbim quvonch sezmas,
Oʻylab koʻrsang bir mendan emas,
Ikkimizdan ham xato oʻtdi.
Ammo ginalarni unutganman,
Har kun, har tun seni kutaman,
Goʻyo hozir sen kelasan,
Tinmay yuragim soʻrar.
Kel, bir bor bagʻrimga toʻyib bosay,
Kel, sevgimga yana men erishay.
Kel, qaygʻularimdan yiroq ketay,
Kel, yana sevay, men his etay mehringni.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!