Alisher Fayz - Ona

Vujudida oʻzi bilan olib yurib toʻqqiz oy,
Durdek tishlari toʻkilib, husnidan berib chiroy.

Qaro sochlari toʻkilib, husnidan berib chiroy.
Toʻlgʻoq dardin onachalik bilmas hech kim hoynahoy,

Dunyolarga keltirib ayladingiz zoʻr himmat,
Onam meni dard yutib tuqqaningizga rahmat,
Onam meni dard yutib tuqqaningizga rahmat.
Har onaning baxtiga omon boʻlsin bolasi,
Har onaning bagʻrida oʻynab-kulsin bolasi.
Onamni koʻp sogʻintirdi yigʻloq nayning nolasi,
Mavludani sogʻintirdi yigʻloq nayning nolasi,
Matonatu sabrlar sizdan bizga zoʻr ibrat,

Ayol joni ogʻrisa larzaga kelar dunyo,
Farzandini qoʻlga olsa nurlarga toʻlar dunyo.
Mehr haqqin uzib boʻlmas u dunyoyu bu dunyo,

Onam meni dard yutib boqqaningizga rahmat.
Qoʻshigʻimiz farzandlar yuragiga yetsin-ey,
Tinglaganda onalarning dardi arib ketsin-ey.
Duo qilay yoshingiz yuz minglardan oʻtsin-ey,
Duo qilay yoshingiz millionlardan oʻtsin-ey,
Shunday goʻzal, xurram kunda aylay sizni zoʻr hurmat,

Non yedirib, tosh yutib boqqaningizga rahmat.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!