Shohruhxon - Armonim

Armonim yoʻq edi koʻrmaganda seni,
Koʻzda yoshim yoʻq edi aslo.
Seni oʻylamasdim, baxtliroq yurardim,
Hasratim koʻklarga boʻldi bir sado.
Koʻp ishonar eding kumush yuzlaringga,
Goʻyo tengi yoʻqsan butun bu olamda.
Inobatga olmading soʻzlarimni,
Yoʻllaringga zor etding koʻzlarimni.
Nega endi yigʻlaysan, jonim nega,
Aybdorliging bilmaysan nega yana?
Bilmading, bilmading… (x2)
Nega kelding yana, sigʻmaydi aqlimga,
Farqlar topolmadim nigohlaringda.
Termulib yuzimga nimalar kutasan,
Sen emasmi meni beqarorlar etgan?
Inobatga olmading soʻzlarimni,
Yoʻllaringga zor etding koʻzlarimni.
Nega endi yigʻlaysan, jonim nega?
Aybdorliging bilmaysan nega yana? (x2)
Heyy, heyy
Bilmading, bilmading… (2x)
Heyy…
Koʻzda yoshim yoʻq edi aslo.
Seni oʻylamasdim, baxtliroq yurardim,
Hasratim koʻklarga boʻldi bir sado.
Koʻp ishonar eding kumush yuzlaringga,
Goʻyo tengi yoʻqsan butun bu olamda.
Inobatga olmading soʻzlarimni,
Yoʻllaringga zor etding koʻzlarimni.
Nega endi yigʻlaysan, jonim nega,
Aybdorliging bilmaysan nega yana?
Bilmading, bilmading… (x2)
Nega kelding yana, sigʻmaydi aqlimga,
Farqlar topolmadim nigohlaringda.
Termulib yuzimga nimalar kutasan,
Sen emasmi meni beqarorlar etgan?
Inobatga olmading soʻzlarimni,
Yoʻllaringga zor etding koʻzlarimni.
Nega endi yigʻlaysan, jonim nega?
Aybdorliging bilmaysan nega yana? (x2)
Heyy, heyy
Bilmading, bilmading… (2x)
Heyy…
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!