🎵 Qoʻshiq matnlari

Shahzoda - Ishon

1.5K marta oʻqildi
Shahzoda - Ishon
Yoʻllar uzun, masofa uzun,
Olislardan halak,
Senla bugun, sevgingla bu kun
Yashasam kerak.
Mehringga zorman, yana ozorman,
Aslo sogʻinchdanmas.
Yana koʻzimdan, mening qalbimdan
Ketmasang kerak.

Ehtimol gumon,
Ehtimol sevgim armon.
Lekin har safar yurak,
Senga talpinar ishon.
Ehtimol gumon,
Senda bor sevgim ishon.
Lekin bu magʻrur yurak
Talpinar sevgim tomon.
Ishon… (ishon, ishon)

Tunlar yulduz boʻladi hamroh
Mening chin sevgimga.
Mayin shamol tinglab soʻzlarim,
Sherik dardimga.

Yana yonaman,
Armon boʻlaman,
Sevgim aytolmasdan.
Nega sezmaysan,
Nega koʻrmaysan
Sevgim koʻzimdan?

Ehtimol gumon,
Ehtimol sevgim armon.
Lekin har safar yurak,
Senga talpinar ishon.
Ehtimol gumon,
Senda bor sevgim ishon.
Lekin bu magʻrur yurak
Talpinar sevgim tomon.
Ishon…(ishon, ishon)
Ishon…(ishon, ishon)
Ishon…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!