🎵 Qoʻshiq matnlari

Yulduz Usmonova - Yolgʻiz ona yor-yori

2.3K marta oʻqildi
Yulduz Usmonova - Yolgʻiz ona yor-yori
Biz kutgan gul bugun-erta gul ochyabdi
Koʻrib keting bu oqshom.
U gulga men toʻy qlyabman,
Toʻylariga kelib-keting bu oqshom. (x2)

Ne kunlarni boshga solib,
Tashlab ketdiz bildirmadim.
Yostigʻimga yigʻlaganim,
Qiynalganim bildirmadim bolamga.

Oʻzim uchun soʻramayman,
Sizdan uzr tilamayman,
Lek gulimning koʻngli nozik,
Toʻylariga kelib-keting bu oqshom. (x2)

Otang nomard deyolmadim,
Seni sevar degan edim bolamga.
Bir kun qarib qolsa otang
Eʼzozlarsan degan edim bolamga. (x2)

Har gulning hidi boshqadir,
U xatolar menikidir,
Lek otaning oʻrni boshqa,
Gulimizga duo qiling bu oqshom.

Oʻzim uchun soʻramayman,
Sizdan uzr tilamayman,
Lek gulimning koʻngli nozik,
Toʻylariga kelib-keting bu oqshom. (x2)

Hay-hay oʻlan, jon oʻlan,
Kelin ketar, yor-yor,
Ota duosiga zor-zor
Yigʻlab ketar, yor-yor.

Hay-hay oʻlan, jon oʻlan,
Toʻy qilyabman, yor-yor,
Bogʻimizdan bogʻbon bugun
Gulni uzdi, yor-yor.

Hay-hay oʻlan, jon oʻlan
Oʻlanchi qiz, yor-yor,
Qizimizga duoni men
Oʻzim berdim, yor-yor.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!