Dilsoʻz - Begim

Kun yigʻladim, tun yigʻladim,
Bilmadingiz begim-ey.
Chorladim koʻp, nazar qilib
Kelmadingiz begim-ey. (x2)
Dunyolarga sigʻmay ketdim,
Oʻzni otdim taqdirga. (x2)
Bir olmadek oqdim soyda,
Olmadingiz begim-ey. (x2)
Kelmadingiz, kelmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.
Kelmadingiz, bilmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.
Ohlarimga osmon yigʻlar,
Togʻlar aza tutadi. (x2)
Bagʻriqonim bagʻrimdagi
Nolalarga oʻtadi. (x2)
Sizni qaysi dilbar mendek
Toqat bilan kutadi? (x2)
Firoqida gʻarib qilgan
Bagʻritoshim begim-ey. (x2)
Kelmadingiz, kelmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.
Kelmadingiz, bilmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.
Yoʻllar uzoq, koʻngil yaqin,
Desangiz ham boʻlardi.
Koʻnglim senda degan soʻzdan
Yarim koʻnglim toʻlardi. (x2)
Kelsangiz-a koʻngildagi
Umid guli kulardi.
Bugun Raʼno bagʻri e voh,
Alamingiz begim-ey.(x2)
Kelmadingiz, kelmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.
Bilmadingiz, bilmadingiz,
Kelmadingiz begim-ey. (x2)
Bilmadingiz begim-ey.
Chorladim koʻp, nazar qilib
Kelmadingiz begim-ey. (x2)
Dunyolarga sigʻmay ketdim,
Oʻzni otdim taqdirga. (x2)
Bir olmadek oqdim soyda,
Olmadingiz begim-ey. (x2)
Kelmadingiz, kelmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.
Kelmadingiz, bilmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.
Ohlarimga osmon yigʻlar,
Togʻlar aza tutadi. (x2)
Bagʻriqonim bagʻrimdagi
Nolalarga oʻtadi. (x2)
Sizni qaysi dilbar mendek
Toqat bilan kutadi? (x2)
Firoqida gʻarib qilgan
Bagʻritoshim begim-ey. (x2)
Kelmadingiz, kelmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.
Kelmadingiz, bilmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.
Yoʻllar uzoq, koʻngil yaqin,
Desangiz ham boʻlardi.
Koʻnglim senda degan soʻzdan
Yarim koʻnglim toʻlardi. (x2)
Kelsangiz-a koʻngildagi
Umid guli kulardi.
Bugun Raʼno bagʻri e voh,
Alamingiz begim-ey.(x2)
Kelmadingiz, kelmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.
Bilmadingiz, bilmadingiz,
Kelmadingiz begim-ey. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!