🎵 Qoʻshiq matnlari

Gulsanam Mamazoitova - Alla

4.2K marta oʻqildi
Gulsanam Mamazoitova - Alla
Buncha nozik boʻlmasang,
Gulga oʻraymu, bolam?
Yigʻi toʻla allam bor,
Aytib beraymu, bolam? (x2)

Yetti daryo yuvsa ham
Ketmas dogʻim bor mening,
Nokas otgan toshlarga
Toʻlgan bogʻim bor mening. (x2)

Moʻltirama koʻzimga,
Boʻldi koʻnglim ezmagin.
Men sen uchun tosh tishlay,
Sen oroming buzmagin. (x2)

Doʻlonadek toʻkilgan
Yuragi bor onangni,
Sendan boshqa kimga ham
Keragi bor onangni?
Dardkashimsan sen bolam.

Yolgʻizlik bu jonimni
Yonar oʻtga otdi-ey,
Yaxshi yorim deganim
Yomon kunga sotdi-ey.

Otang – oʻzimman, alla,
Onang – oʻzimman, alla,
Sensan gulim, rayhonim,
Soyang oʻzingman, alla.

Doʻlonadek toʻkilgan
Yuragi bor onangni,
Sendan boshqa kimga ham
Keragi bor onangni?
Suyanganimsan bolam,
Ishonganimsan bolam.

Buncha nozik boʻlmasang,
Gulga oʻraymu bolam?
Yigʻi toʻla allam bor,
Aytib beraymu bolam?

Dardkashimsan sen bolam,
Suyanganimsan bolam.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!