🎵 Qoʻshiq matnlari

Anora - Tuygʻu

1.8K marta oʻqildi
Anora - Tuygʻu
Men bilmayman tunu-kun boʻyi
Oʻylayman faqat sen haqingda,
Koʻz oldimdan ketmaysan hecham,
Nega hayolim senda, hayolim senda?

Men bilmayman seni koʻrganda
Juda tez uradi yuragim.
Sening yoningda soʻz ham deyolmas,
Nega biyron tillarim, biyron tillarim?

Shirin hayollar, yulduzli tunlar ichra
Suzadi qalbim, yuragim,
Bu sirli tuygʻu hecham tinch qoʻymas meni,
Nahotki sevgi boʻlsa bu.

Shirin hayollar yulduzli tunlar ichra
Suzadi qalbim, yuragim,
Buncha sirli, buncha yoqimli boʻlmasa,
Dilimda bu tuygʻu, tuygʻu, tuygʻu.

Tuygʻu, tuygʻu…

Men bilmayman koʻrgim kelaveradi
Seni yonimda har doim
Men bilmayman qayda boʻlmasam
Seni izlar koʻzlarim, izlar koʻzlarim.

Menga atab koʻp chiroyli
Soʻzlardan yozilgan hatlaring,
Ishon yonimda, qadrli menga ular,
Mening qalbimda, mening qalbimda.

Shirin hayollar, yulduzli tunlar ichra
Suzadi qalbim, yuragim,
Bu sirli tuygʻu hecham tinch qoʻymas meni,
Nahotki sevgi boʻlsa bu.

Shirin hayollar yulduzli tunlar ichra
Suzadi qalbim, yuragim,
Buncha sirli, buncha yoqimli boʻlmasa,
Dilimda bu tuygʻu, tuygʻu, tuygʻu.

Tuygʻu, tuygʻu…

Shirin hayollar, yulduzli tunlar ichra
Suzadi qalbim, yuragim,
Bu sirli tuygʻu hecham tinch qoʻymas meni,
Nahotki sevgi boʻlsa bu.

Shirin hayollar yulduzli tunlar ichra
Suzadi qalbim, yuragim,
Buncha sirli, buncha yoqimli boʻlmasa,
Dilimda bu tuygʻu.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!