🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - Jiyda gulim

2.5K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - Jiyda gulim
Jiyda gulim, jiyda gulim,
Jilvalari mayda gulim,
Onam bagʻrin sogʻindim man,
Onamday bir suyda, gulim. (x2)

Yoʻlimga koʻz tikar edi,
Poyimga dil toʻkar edi, (x2)
Onam rayhon ekar edi,
Koʻnglim oʻshal boʻyda, gulim.

Jiyda gulim, jiyda gulim,
Jilvalari mayda gulim,
Onam bagʻrin sogʻindim man,
Onamday bir suyda, gulim.

Koʻnglim choʻksa xozir edi,
Erkalashi huzur edi, (x2)
“Ona” desam, “jon” der edi,
Endi jonlar qayda, gulim?

Jiyda gulim, jiyda gulim,
Jilvalari mayda gulim,
Onam bagʻrin sogʻindim man,
Onamday bir suyda, gulim.

Kuyukligi kunda edi,
Bir oh desam, shunda edi, (x2)
Onam dardi manda edi,
Maning dardim kimda, gulim. (x2)

Jiyda gulim, jiyda gulim,
Jilvalari mayda gulim,
Onam bagʻrin sogʻindim man,
Onamday bir suyda, gulim. (x2)

(Jiyda gulim…)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!