🎵 Qoʻshiq matnlari

Jasur Umirov - Doʻstim

1.7K marta oʻqildi
Jasur Umirov - Doʻstim
Ey doʻstim, jon doʻstim,
Dunyo nega yaralgan? (x2)
Sen kimga zorsan-u,
Zoru vafodorsan-u,
Zorligingni nega bilmagan? (x2)

Oh doʻstim, jon doʻstim,
Sinov uchun yaralgan dunyo. (x2)
Sevgida bordir azob,
Azobsiz boʻlmas visol,
Shuning uchun yaralgan xijron. (x2)

Ey doʻstim, jon doʻstim,
Koʻz yosh nedan yaralgan? (x2)
Baxtli kunlarda ham,
Gʻam-alam yutganda ham,
Inson nega yigʻlagan? (x2)

Oh doʻstim, jon doʻstim,
Tuygʻudan yaralgan koʻz yosh. (x2)
Koʻz yoshing tomchilab,
Gʻuborlaringni yuvgan,
Shuning uchun yigʻlagan inson. (x2)

Sevgini rad etmangizlar,
Oshiq koʻngli sinmasin. (x2)
Sevgida bordir azob,
Azobsiz boʻlmas visol,
Shuning uchun yaralgan xijron.

Koʻzyoshing tomchilab,
Gʻuborlaringni yuvgan,
Shuning uchun yigʻlagan inson.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!