Surʼat Islomov - Armonim

(Xohlar edim sevish, lekin buncha qiynalish,
Bu tuygʻular edi menga butkul notanish.)
Atrofimni oʻrab olsa-da baxt,
Dunyolar-u bersa taxt,
Kerak emas menga sensiz,
Yuragimdagi tuygʻularim cheksiz.
Senga boʻlgan muhabbatim
Hamrohimdir to abadim,
Bundan ortiq yoʻqdur baxtim,
Lekin, jonim, ushalmas orzusan.
Yuragimga noming azaldan,
Goʻyoki oʻyib yozilgandir senga atalgan,
Bor-u yoʻgim, hayotim bagʻishlangan.
Sevgim boʻlsa ham chindan,
Umid qila olmayman sendan,
Men tubdaman, sen esa yuksaklardasan.
Men seni uchratdim, unutdim
Hayotdagi orzu-umidim,
Oʻzing armonim,
Hayolim faqat sen ila band.
Orzuyimda birgamiz abad,
Shirin armonim.
Sendan umid qilishimning oʻzi
Boʻlar tentakligim soʻzi,
Lekin, netay qalbim koʻzi
Sendan oʻzgani koʻrmas aslo.
Yoʻq, boʻlsin doim koʻngling toʻq,
Qalbim teshib oʻtsa-da oʻq,
Seni bezovta qilgim yoʻq,
Bilarman, jonim ushalmas orzu.
Yuragimga noming azaldan,
Goʻyoki oʻyib yozilgandir senga atalgan,
Bor-u yoʻgim, hayotim bagʻishlangan.
Sevgim boʻlsa ham chindan,
Umid qila olmayman sendan,
Men tubdaman, sen esa yuksaklardasan.
Men seni uchratdim, unutdim
Hayotdagi orzu-umidim,
Oʻzing armonim,
Hayolim faqat sen ila band.
Orzuyimda birgamiz abad,
Shirin armonim.
Samolarda balkim boʻlarmiz birga,
Jannat bogʻlarin kezarmiz birga,
Lekin, bu dunyoda seni baxtli koʻrsam bas,
Men uchun shu baxt demak, bundan ortiq kerakmas.
Men seni uchratdim, unutdim
Hayotdagi orzu-umidim,
Oʻzing armonim.
Hayolim faqat sen ila band,
Orzuyimda birgamiz abad,
Shirin armonim.
Men seni uchratdim, unutdim (unutdim),
Hayotdagi orzu-umidim (orzu-umidim),
Oʻzing armonim.
Hayolim faqat sen ila band,
Orzuyimda birgamiz abad,
Shirin armonim.
Shirin armonim.
Bu tuygʻular edi menga butkul notanish.)
Atrofimni oʻrab olsa-da baxt,
Dunyolar-u bersa taxt,
Kerak emas menga sensiz,
Yuragimdagi tuygʻularim cheksiz.
Senga boʻlgan muhabbatim
Hamrohimdir to abadim,
Bundan ortiq yoʻqdur baxtim,
Lekin, jonim, ushalmas orzusan.
Yuragimga noming azaldan,
Goʻyoki oʻyib yozilgandir senga atalgan,
Bor-u yoʻgim, hayotim bagʻishlangan.
Sevgim boʻlsa ham chindan,
Umid qila olmayman sendan,
Men tubdaman, sen esa yuksaklardasan.
Men seni uchratdim, unutdim
Hayotdagi orzu-umidim,
Oʻzing armonim,
Hayolim faqat sen ila band.
Orzuyimda birgamiz abad,
Shirin armonim.
Sendan umid qilishimning oʻzi
Boʻlar tentakligim soʻzi,
Lekin, netay qalbim koʻzi
Sendan oʻzgani koʻrmas aslo.
Yoʻq, boʻlsin doim koʻngling toʻq,
Qalbim teshib oʻtsa-da oʻq,
Seni bezovta qilgim yoʻq,
Bilarman, jonim ushalmas orzu.
Yuragimga noming azaldan,
Goʻyoki oʻyib yozilgandir senga atalgan,
Bor-u yoʻgim, hayotim bagʻishlangan.
Sevgim boʻlsa ham chindan,
Umid qila olmayman sendan,
Men tubdaman, sen esa yuksaklardasan.
Men seni uchratdim, unutdim
Hayotdagi orzu-umidim,
Oʻzing armonim,
Hayolim faqat sen ila band.
Orzuyimda birgamiz abad,
Shirin armonim.
Samolarda balkim boʻlarmiz birga,
Jannat bogʻlarin kezarmiz birga,
Lekin, bu dunyoda seni baxtli koʻrsam bas,
Men uchun shu baxt demak, bundan ortiq kerakmas.
Men seni uchratdim, unutdim
Hayotdagi orzu-umidim,
Oʻzing armonim.
Hayolim faqat sen ila band,
Orzuyimda birgamiz abad,
Shirin armonim.
Men seni uchratdim, unutdim (unutdim),
Hayotdagi orzu-umidim (orzu-umidim),
Oʻzing armonim.
Hayolim faqat sen ila band,
Orzuyimda birgamiz abad,
Shirin armonim.
Shirin armonim.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!