🎵 Qoʻshiq matnlari

Oʻlmas Olloberganov - Kutaman

3.9K marta oʻqildi
Oʻlmas Olloberganov - Kutaman
Har bahor yoʻlingda intizor
Kutaman, ahdiga vafodor.
Yurakda asragan gapim bor,
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolgʻiz oʻtaman.
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolgʻiz oʻtaman.

Rayhonni tebratsa shamollar
Gullarga beraman savollar,
Kechiring, ey sohibjamollar,
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolgʻiz oʻtaman.
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolgʻiz oʻtaman.

Qirlarga qoʻnganda subhidam
Koʻzlarim yoʻlingda dambadam,
Yozda ham, kuzda ham, qishda ham
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolgʻiz oʻtaman.
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolgʻiz oʻtaman.

Kutaman, kutaman, kutaman…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!