🎵 Qoʻshiq matnlari

Ummon - Yoʻq

2.2K marta oʻqildi
Ummon - Yoʻq
Tun, bir kun u qaytar,
Xalovatimni qaytarib berar.
A balki yoʻq, balki qaytmaydi,
Meni unutgan, meni sevmaydi.

Yoʻq, meni jondan sevgan azizam endi yoʻq,
Hayotimga mazmun bergan u koʻzlar yoʻq.
Meni xumorim, dil oromim endi yoʻq,
Endi yoʻq. (x2)

Balki u qaytar bir kunmas bir kun,
Balki endi hech qachon diydor korishmaymiz.
Kutishdan charchadim suratinga qarab,
Koʻzlarim charchadi visolini tilab.

Qaytarmikan yoki yoʻq,
Sen uni korasan, men esa uni yoʻq.
Manimcha u qaytmaydi endi hech qachon,
Lekin umidim negadir soʻngani yoʻq.

Telbamanmi yoki nima deb atay,
Qachongacha suratingga qarab sevilay?
Sen meni unutgansan, men buni bilaman,
Lekin har kuni tunda nega sani kutaman?

Men aniq bilaman sen qaytmasligingni,
Ne qilay, bu yurak tushunmaydi shuni.
Tushuntirolmayman nega ketgansan,
Va quydagi soʻzlarni unga takrorlayman:

Yoʻq, meni jondan sevgan azizam endi yoʻq,
Hayotimga mazmun bergan u koʻzlar yoʻq.
Meni xumorim, dil oromim endi yoʻq,
Endi yoʻq. (x2)

Tun ayt, keladimi bir kun yoʻqlab meni,
Eslaydimi senga qarab meni?
Meni? (x2)

(Balki u qaytmaydi endi hech qachon,
Lekin umidim negadir soʻngani yoʻq.)

Yoʻq…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!