Sherali Joʻrayev - Sarbon

Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.
Tandan dilu jonim olib,
Ul dilistonim boradur.
Qolurmu men olis boʻlib,
Bechora-yu maʼyus boʻlib,
Qalbim firoq tigʻi tilib
To ustixonim boradur.
Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.
Sarkash nigorimdan judo,
Ayshu qarorim bebaqo,
Manqalda otashdek qaro,
Oʻt birla qonim boradur.
Cheksamda zulmni dodini,
Ham vaʼdalar barbodini,
Koʻksimda tutgum yodini
Toki zabonim boradur.
Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.
Toʻxtat biroz, ey sarbon,
Karvonni qilma tez chunon, (x2)
Sarviravon ishqida jon
Tandan iymonim boradur.
Qayt, koʻzlarimga qoʻy oyoq,
Ey, dil piri, ketma yiroq,
Ey nozanin, koʻkka bu choq
Ohu figʻonim boradur.
Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.
Qilma figʻon, ey Saʼdiyo,
Hech arzimas ul bevafo, (x2)
Toqatni qoʻymas bu jafo
Aqlu iymonim boradur.
Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.
Oromi jonim boradur.
Tandan dilu jonim olib,
Ul dilistonim boradur.
Qolurmu men olis boʻlib,
Bechora-yu maʼyus boʻlib,
Qalbim firoq tigʻi tilib
To ustixonim boradur.
Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.
Sarkash nigorimdan judo,
Ayshu qarorim bebaqo,
Manqalda otashdek qaro,
Oʻt birla qonim boradur.
Cheksamda zulmni dodini,
Ham vaʼdalar barbodini,
Koʻksimda tutgum yodini
Toki zabonim boradur.
Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.
Toʻxtat biroz, ey sarbon,
Karvonni qilma tez chunon, (x2)
Sarviravon ishqida jon
Tandan iymonim boradur.
Qayt, koʻzlarimga qoʻy oyoq,
Ey, dil piri, ketma yiroq,
Ey nozanin, koʻkka bu choq
Ohu figʻonim boradur.
Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.
Qilma figʻon, ey Saʼdiyo,
Hech arzimas ul bevafo, (x2)
Toqatni qoʻymas bu jafo
Aqlu iymonim boradur.
Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!