🎵 Qoʻshiq matnlari

Kumush Razzoqova - Unutma meni

3.6K marta oʻqildi
Kumush Razzoqova - Unutma meni
Sen ketarsan, jonginam, sen ketarsan,
Olis yoʻllar seni chorlar, chorlar zamon.
Orzularing olamiga, yor, yetarsan,
Men qolarman koʻzim giryon, dilda hijron.

Sen ketarsan, meni tashlab, sen ketarsan,
Goh ishon, goh ishonma deydi xayol.
Ammo oʻzing xayolingga keltirmaysan –
Hayotimsan, bormi sensiz menda majol?

Unutma meni, qaylarda chekma firoq,
Yaqindami yo yiroq – meni esla.
Unutma meni nur topgan chog’ quyosh,
Oqshomlar berib bardosh, meni esla.

Unutma meni oshganda dovon,
Yoqqanda dogʻi hijron, meni esla.
Kulib boqsin iqbol,
Baxtimiz topmay zavol, meni esla.

Sen ketarsan, ortingdan yetolmam sira,
Yurakkinam oʻtlarga tashlab ketarsan.
Diydoringga toʻymadim, toʻymadim zarra,
Boshginamni chulgʻagan xayol qadarsan.

Qoʻlim siltab qolaman, bagʻrim oʻrtanib,
Yulduz-yulduz koʻzlarim boqar intizor.
Nigoh solsam, keng samo ketar toʻlgʻanib,
Talpinarman, jonginam, vaslingga bedor.

Unutma meni, qaylarda chekma firoq,
Yaqindami yo yiroq – meni esla.
Unutma meni nur topgan chog’ quyosh,
Oqshomlar berib bardosh, meni esla.

Unutma meni oshganda dovon,
Yoqqanda dogʻi hijron, meni esla.
Kulib boqsin iqbol,
Baxtimiz topmay zavol, meni esla.

Unutma meni, qaylarda chekma firoq,
Yaqindami yo yiroq – meni esla.
Unutma meni nur topgan chog’ quyosh,
Oqshomlar berib bardosh, meni esla.

Unutma meni oshganda dovon,
Yoqqanda dogʻi hijron, meni esla.
Kulib boqsin iqbol,
Baxtimiz topmay zavol, meni esla.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!