🎵 Qoʻshiq matnlari

Rayhon - Yodingdami

1.7K marta oʻqildi
Rayhon - Yodingdami
Afsus, hamma aytgan soʻzlaring
Soʻzligicha qoldi umrbod,
Aldab meni shahlo koʻzlarim,
Hayotimni qildilar barbod.

Shirin tilakdan, tiniq buloqdan
Men seni deb chanqoq bosmadim,
Ha demagin desalar yonib,
Qaramadim, quloq solmadim.

Yodingdami, tunlarimda oy bolib mening,
Yodingdami, yoʻllarimni yoritmoqchiding,
Yodingdami, kunduzimda boʻlib quyoshim,
Jamolimga xol qoʻymoqchiding?

Mana oʻtdi necha fasllar,
Bardoshginam tugadi mening,
Koʻzlarimdan oqqan yoshlarim
Daryo boʻlib oqizsin seni.

Shirin tilakdan, tiniq buloqdan
Men seni deb chanqoq bosmadim,
Ha demagin desalar yonib,
Qaramadim, quloq osmadim.

Yodingdami, tunlarimda oy bolib mening,
Yodingdami, yoʻllarimni yoritmoqchiding,
Yodingdami, kunduzimda boʻlib quyoshim,
Jamolimga xol qoʻymoqchiding? (x3)
Yodingdami?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!