🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - Yor-yorey

2K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - Yor-yorey
Qani yorim, kelaman deb kelmadi,
Mehriboning boʻlaman deb boʻlmadi,
Yurak kuyib sahargacha oʻynadi,
Bedor, bedor, bedor. (x2)
Ne sababdan menga nozu-firoq qilding,
Diydoringni qizgʻondingmi, yiroq qilding?
Ayriliq, gʻam, alamlarga oʻrtoq qilding,
Bekor, bekor, bekor. (x2)
Mani yorim kelaman deb kelmadi,
Mehriboning boʻlaman deb boʻlmadi,
Yurak kuyib, sahargacha oʻynadi,
Bedor, bedor, bedor.
Qani mani, qani mani yorim kelmadi,
Mehriboning boʻlaman deb boʻlmadi,
Yurak kuyib, sahargacha oʻynadi,
Bedor, bedor, bedor.
Qaro koʻzlar kulib-kulib, kel dedilar,
Menga otash yuragingni ber dedilar,
Senga sevish yarashadi, sev dedilar,
Izhor, izhor, izhor. (x2)
Mani yorim kelaman deb kelmadi,
Mehriboning boʻlaman deb boʻlmadi,
Yurak kuyib, sahargacha oʻynadi,
Bedor, bedor, bedor.
Qani mani, qani mani yorim kelmadi,
Mehriboning boʻlaman deb boʻlmadi,
Yurak kuyib, sahargacha oʻynadi,
Bedor, bedor, bedor.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!