🎵 Qoʻshiq matnlari

Rayhon - Afsus

1.6K marta oʻqildi
Rayhon - Afsus
Hayr endi, xush endi,
Orzu-armon tush endi,
Koʻngil – jonsiz qush endi,
Hayr endi, xush endi.

Qadr kutmoq besamar,
Dildan boʻlmasa xabar,
Vafo ham ketsa badar,
Hayr endi.

Afsus, sevgi ham qariydi,
Mehr ham ariydi, afsus.
Afsus, sevgi ham qariydi,
Yurak ham soʻnadi, afsus.

Rost koʻrmasa koʻzimiz,
Oʻng kelmasa soʻzimiz,
Aybdor tanho oʻzimiz,
Hayr endi, xush endi.

Dardimiz boʻlmay ado,
Dodimiz topmay sado, (sado)
Bulutga toʻlsa samo,
Hayr endi.

Afsus, sevgi ham qariydi,
Mehr ham ariydi, afsus.
Afsus, sevgi ham qariydi,
Yurak ham soʻnadi, afsus.

Afsus xatolardan, afsus jafolardan,
Afsus boʻhtonlardan, yolgʻonlardan.

Afsus, sevgi ham qariydi,
Mehr ham ariydi, afsus.
Afsus, sevgi ham qariydi,
Yurak ham soʻnadi, afsus.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!