🎵 Qoʻshiq matnlari

Shohjahon Joʻraev - Farishtaginam

2.3K marta oʻqildi
Shohjahon Joʻraev - Farishtaginam
Sendan olislarda boʻldim ne boʻlsam,
Seni yigʻlatguncha boʻlmasmu oʻlsam?
Bir umr bagʻringni baxtga toʻldirsam,
Yigʻlama, yigʻlama, yigʻlama oʻzimning farishtaginam.

Men uchun gʻam yutding, koʻzlaringda nam,
Ne darddan koʻzlaring maʼyus buncha ham? (x2)
Baxtning saroyiga birga boramiz,
Yigʻlama oʻzimning farishtaginam.

Hayot yoʻllarida qoqildim bilmay,
Sening sof sevgingni koʻzlarim koʻrmay.
Aytgil, gunohimni men qanday yuvay?
Yigʻlama oʻzimning farishtaginam.

Noshudman, qadringni bilmadim, kechir,
Holing ne deb bir bor soʻrmadim, kechir.
Olddan oqqan suvni koʻrmadim, kechir,
Yigʻlama oʻzimning farishtaginam.
Men uchun gʻam yutding, koʻzlaringda nam.

Jondan kechganimdir sendan kechganim,
Yodimda sevgimga qasam ichganim.
Yetar, mani yigʻlaganlarim,
Yigʻlama oʻzimning farishtaginam.

Men uchun gʻam yutding, koʻzlaringda nam,
Ne darddan koʻzlaring maʼyus buncha ham? (x2)
Baxtning saroyiga birga boramiz,
Yigʻlama oʻzimning farishtaginam.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!