Rayhon - Men nechun yaraldim

Koʻzlarim ochigʻu koʻra olmayman,
Oyoqlarim butun, yura olmayman,
Qaddim raso, lekin tura olmayman –
Men nechun yaraldim, Allohim?
Qayda qolar mening dodu figʻonim?
Javobsiz qolgʻaymu tagʻin soʻrogʻim?
Dunyolarni yutar chanqoq qarogʻim,
Men nechun yaraldim, Allohim?
Nechun?
Bir jahonim, jonim yoʻq mening,
Bir oshigʻim, yorim yoʻq mening,
Bir xanjar ur, qonim yoʻq mening,
Men nechun yaraldim, Allohim? (x2)
Mening hech kimim yoʻq, Allohdan boshqa,
Mening hech narsam yoʻq, oʻzimdan boshqa,
Koʻngilda ne qoldi bir toshdan boshqa,
Men nechun yaraldim, Allohim?
Nechun?
Bir jahonim, jonim yoʻq mening,
Bir oshigʻim, yorim yoʻq mening,
Bir xanjar ur, qonim yoʻq mening,
Men nechun yaraldim, Allohim? (x4)
Oyoqlarim butun, yura olmayman,
Qaddim raso, lekin tura olmayman –
Men nechun yaraldim, Allohim?
Qayda qolar mening dodu figʻonim?
Javobsiz qolgʻaymu tagʻin soʻrogʻim?
Dunyolarni yutar chanqoq qarogʻim,
Men nechun yaraldim, Allohim?
Nechun?
Bir jahonim, jonim yoʻq mening,
Bir oshigʻim, yorim yoʻq mening,
Bir xanjar ur, qonim yoʻq mening,
Men nechun yaraldim, Allohim? (x2)
Mening hech kimim yoʻq, Allohdan boshqa,
Mening hech narsam yoʻq, oʻzimdan boshqa,
Koʻngilda ne qoldi bir toshdan boshqa,
Men nechun yaraldim, Allohim?
Nechun?
Bir jahonim, jonim yoʻq mening,
Bir oshigʻim, yorim yoʻq mening,
Bir xanjar ur, qonim yoʻq mening,
Men nechun yaraldim, Allohim? (x4)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!