Sarvar Rahmatxoʻjaev - Ikki qirgʻoq

Bugun hamma yigʻilgandi,
Bugun sening kuning,
Sen bilan soʻzlasha olar
Faqat eng yaqinlaring.
Borman deya oʻylar edim
Men yuragingda,
Afsus, lekin ilinmadim
Hatto bir nigohingga.
Ikki qirgʻoq, biri sensan, biri men,
Orasi uzoq ekan koʻnglimizning, sevgilim.
Suvsiz gullar soʻlganidek hayotda,
Sensiz yoʻqman men ham yorug’ dunyoda.
Sen olamda yagonasan,
Sevil, boʻl baxtiyor,
Senga armon boʻlsin doim
Yolʼgizlik, sogʻinch, ozor.
Termulaman koʻzlaringga,
Ne qilay toʻyolmasam?
Nahot endi bu koʻzlarda
Oʻzimni koʻrolmasam?
Ikki qirgʻoq, biri sensan, biri men,
Orasi uzoq ekan koʻnglimizning, sevgilim.
Suvsiz gullar soʻlganidek hayotda,
Sensiz yoʻqman men ham yorug’ dunyoda. (x2)
Bugun sening kuning,
Sen bilan soʻzlasha olar
Faqat eng yaqinlaring.
Borman deya oʻylar edim
Men yuragingda,
Afsus, lekin ilinmadim
Hatto bir nigohingga.
Ikki qirgʻoq, biri sensan, biri men,
Orasi uzoq ekan koʻnglimizning, sevgilim.
Suvsiz gullar soʻlganidek hayotda,
Sensiz yoʻqman men ham yorug’ dunyoda.
Sen olamda yagonasan,
Sevil, boʻl baxtiyor,
Senga armon boʻlsin doim
Yolʼgizlik, sogʻinch, ozor.
Termulaman koʻzlaringga,
Ne qilay toʻyolmasam?
Nahot endi bu koʻzlarda
Oʻzimni koʻrolmasam?
Ikki qirgʻoq, biri sensan, biri men,
Orasi uzoq ekan koʻnglimizning, sevgilim.
Suvsiz gullar soʻlganidek hayotda,
Sensiz yoʻqman men ham yorug’ dunyoda. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!