🎵 Qoʻshiq matnlari

Gʻayrat Usmonov - Zilola

2.3K marta oʻqildi
Gʻayrat Usmonov - Zilola
Бизни илк бор учраштирган сен,
Zilola, sen juda goʻzalsan,
Qaldirgʻoch burningdan tishlasin.
Ayt kimga taqdiru azalsan?
Tushingda tulporlar kishnasin.

Zorimga boqmagin tosh boʻlib,
Kuydirgin qayrilma qosh boʻlib.
Va lekin quvmagin tushingdan,
Koʻrinsam oʻn sakkiz yosh boʻlib.

Zilola, sen juda goʻzalsan,
Qaldirgʻoch burningdan tishlasin.

Yoshimdan kulmagin, Zilola,
Kulgusi dezori-shalola. (x2)
Muhabbat mayiga toʻldirgin,
Qoʻlimda qadohli piyola.

Zilola, sen juda goʻzalsan,
Qaldirgʻoch burningdan tishlasin.

Ohular koʻzingdan koʻzlasin,
Atirlar sochingdan islasin. (x2)
Taʼrifing bitolmay Mugʻanniy,
Bir umr boʻzlasin, izlasin.

Zilola, sen juda goʻzalsan,
Qaldirgʻoch burningdan tishlasin.
Ayt kimga taqdiru azalsan?
Tushingda tulporlar kishnasin.

Zilola, sen juda goʻzalsan,
Goʻzalsan sen juda, Zilola.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!