🎵 Qoʻshiq matnlari

Sardor Rahimxon - Jamilaxonim yomonlar

1.9K marta oʻqildi
Sardor Rahimxon - Jamilaxonim yomonlar
(Aylansin-o, aylansin,
Polvon bolam aylansin,
Jamila sigir sogʻguncha
Yigʻlamasin, yupansin. (x2))

Hey odamlaru odamlar,
Dilim yedi alamlar,
Chaqmachaqar, zahar ilon –
Jamilaxonim yomonlar.

Shirin xayol surganim,
Safarlarda yurganim,
Jamilaxonimga yoqmas
Oʻtirganim, turganim.

Yomonlaru yomonlar,
Doim dushman tomonlar,
Sani tashlab ketar desa,
Jamilaxonim adolar.

Yomonlaru yomonlar,
Doim dushman tomonlar,
Sani tashlab ketar desa,
Jamilaxonim ishonar-ey.

Jamilaxonim yomonlar,
Doim dushman tomonlar,
Falonchi yuradi desa,
Nega mendan gumonlar? (x2)

Mashinasiyam qolmadi,
Tilla zanjir qolmadi,
Mana man degan hovlini
Nazariga ham ilmadi.

Vodiyda ham bor ekan,
Vohada ham bor ekan,
Toshkentida bitta emas,
Sochlaridan serob ekan.

Jamilaxonim, yomonim,
Oʻzimning qaysar janonim,
Zardalaring shirin-shirin,
Arazni qoʻygin, jonim. (x2)

Jamilaxonim yomonlar,
Doim dushman tomonlar,
Falonchi yuradi desa,
Nega mendan gumonlar? (x2)

(Aylansin-o, aylansin,
Polvon bolam aylansin.
Jamilaxonim adolar.
Aylansin-o, aylansin,
Polvon bolam aylansin.)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!