Doston Ubaydullayev - Ota boʻldim

Yillar yelar, sinab dildagi dardim,
Sinab sinib siylangan homush qalbim. (x2)
Umid soyasida yigʻlab orzular,
Oʻtayotgan umrim orzusi, baxtim. (x2)
Taqdir yigʻlatganda ham umidga toʻldim,
Kutib-kutib besh yil oʻtib ota boʻldim. (x2)
Iz qoldirar hatto qadam izida,
Boqsang aksin topar odam koʻzgudan,
Tilab-tilab dil toʻxtamas orzudan,
Ortiq baxt yoʻq farzand kulgusidan.
Tilab-tilab dil toʻxtamas orzudan,
Ortiq baxt yoʻq farzandning kulgusidan.
Taqdir yigʻlatganda ham umidga toʻldim,
Kutib-kutib besh yil oʻtib ota boʻldim. (x2)
Eshitib xabarini baxtdan quvondim,
Quvondim garchi bir tomondan yondim,
Shafqatsiz taqdir achchiq xazil qildi,
Masofalar kutgan baxtimdan ayirdi.
Taqdir yigʻlatganda ham umidga toʻldim,
Kutib-kutib besh yil oʻtib ota boʻldim. (x2)
Umidim uchquni soʻnmadi bir zum,
Umrim oʻtayotgandi farzand tilab,
Umrim umidsizlikka koʻnmadi bir zum,
Siyladi bir emas ikki farzand, yo Rab.
Yo Rab.
Sinab sinib siylangan homush qalbim. (x2)
Umid soyasida yigʻlab orzular,
Oʻtayotgan umrim orzusi, baxtim. (x2)
Taqdir yigʻlatganda ham umidga toʻldim,
Kutib-kutib besh yil oʻtib ota boʻldim. (x2)
Iz qoldirar hatto qadam izida,
Boqsang aksin topar odam koʻzgudan,
Tilab-tilab dil toʻxtamas orzudan,
Ortiq baxt yoʻq farzand kulgusidan.
Tilab-tilab dil toʻxtamas orzudan,
Ortiq baxt yoʻq farzandning kulgusidan.
Taqdir yigʻlatganda ham umidga toʻldim,
Kutib-kutib besh yil oʻtib ota boʻldim. (x2)
Eshitib xabarini baxtdan quvondim,
Quvondim garchi bir tomondan yondim,
Shafqatsiz taqdir achchiq xazil qildi,
Masofalar kutgan baxtimdan ayirdi.
Taqdir yigʻlatganda ham umidga toʻldim,
Kutib-kutib besh yil oʻtib ota boʻldim. (x2)
Umidim uchquni soʻnmadi bir zum,
Umrim oʻtayotgandi farzand tilab,
Umrim umidsizlikka koʻnmadi bir zum,
Siyladi bir emas ikki farzand, yo Rab.
Yo Rab.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!