🎵 Qoʻshiq matnlari

Ulugʻbek Rahmatullaev - Doʻst

1.4K marta oʻqildi
Ulugʻbek Rahmatullaev - Doʻst
Doʻstimni esladim,
Diydorin qoʻmsadim,
Yaxshi-yomon kunda
Birga edik, doʻst.
Orzu yoʻlimizda
Toshlardan yurardik,
Omading kelganda
Osmon boʻlding, ey doʻst.
Doʻst.
Hayot oʻzi shunday –
Doʻsting koʻp, zoʻr boʻlsa,
Ostonangda goʻyo
Begonaman, doʻst.
Obro’ deb chin doʻstni
Koʻnglini ogʻritsang,
Qolar atrofingda
Yolgʻon dunyo, ey doʻst.
Doʻst.
Qayda boʻlsang har on
Mayli boʻlgin omon,
Sen uchun men yomon,
Aybim nima, doʻst?
Kelgan omadimmi?
Rostin aytganimmi?
Nima tinch qoʻymaydi
Gʻururingni, ey doʻst?
Doʻst.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!