🎵 Qoʻshiq matnlari

Nilufar Usmonova - Sevgi qissasi

1.6K marta oʻqildi
Nilufar Usmonova - Sevgi qissasi
Osmonda yulduzim porlar,
Sevgim kuyin chalib torlar,
Baxt qasri ikkimizni chorlar.
Tunlarda kutgan xumorim,
Oq dur, marvarid tumorim,
Olisda qolsin gʻuborim.
Kun boʻlay, tun boʻlay,
Koʻzlaringda nur boʻloyin.
Oy boʻlay, soy boʻlay,
Ishqda anhorday toʻloyin.
Kun boʻlay, tun boʻlay,
Koʻzlaringda nur boʻloyin.
Ay, nur boʻloyin man.
Qalbimsan, baxtimsan,
Jonim, erkalayin, begimsan.
Mehribonim, ayiqcham,
Baliqcham mening.
Kun boʻlay, tun boʻlay,
Koʻzlaringda nur boʻloyin.
Oy boʻlay, soy boʻlay,
Ishqda anhorday toʻloyin.
Kun boʻlay, tun boʻlay,
Koʻzlaringda nur boʻloyin.
Ay, nur boʻloyin man.
Bogʻlar, togʻlar,
Doim sizlarga bahor,
Ikkingizga boqib kular kun-nahor.
Sevgingiz olamga boʻlsin ovoza,
Baxtli boʻling,
Taxtingiz oqsin ishqqa toʻlib,
Misoli anhor.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!