🎵 Qoʻshiq matnlari

Ummon - Kechirgin

1 daqiqa 2.3K marta oʻqildi
Ummon - Kechirgin
Bir oʻzimman yana, yolgʻizlik yana,
Koʻchada yomgʻir, uyda esa ogʻir.
Kecha u uzatildi, kecha uni yoʻqotdim,
Qoʻlimda suratlari, ustida koʻz yoshlarim.

Endi unga tunlar xatlar yozolmayman,
Kunduzi gullar bilan bezolmayman.
Uni yoʻqotganimga ishonmayman, ishonmayman.
Yogʻayotgan yomgʻir uning koʻzyoshlaridir,
U qiynalmoqda, buni sezmoqdadir dil.
Uni yoʻqotganimga ishonmayman, ishonmayman.

Sen meni kechirgin, yana koʻzlaringda yosh,
Yana men sababchiman, yuzingda yoʻqdir quvonch.
Axir bilar edimku – yetmasdi qoʻlim,
Seni yosh uzatishdi, yetmadi vaqtim.

Meni kechir, menimcha endi hech qachon
Esimdan chiqmasa kerak 67-avtobus.
Chunki unda sen har doim kelarding yonimga,
Va yana oʻsha yashil avtobus olib ketardi seni uyingga.

Kecha esa uzun qora limuzunda oppoq kiyimda,
Oʻtirardi kimdir yoningda,
Seni yosh uzatishdi, 17 yoshingda.
Men seni sevaman, soʻzlarimga ishon,
Hech boʻlmaganda 1 yil vaqt boʻlganida, ishon,
Seni dunyodagi eng baxtli qiz qilar edim,
Agarda boʻlganida yana ozgina imkon.

Baxtli kunlarim uchib ketdi yiroqqa,
Baxtsiz kunlarim meni tashlamoqda firoqqa.
Men seni har bir nafasimda sevaman,
Qanday yashaymiz bir-birimizdan yiroqda?

Endi unga tunlar xatlar yozolmayman,
Kunduzi gullar bilan bezolmayman.
Uni yoʻqotganimga ishonmayman, ishonmayman.
Yogʻayotgan yomgʻir uning koʻzyoshlaridir,
U qiynalmoqda, buni sezmoqdadir dil.
Uni yoʻqotganimga ishonmayman, ishonmayman.

Sen meni kechirgin, yana koʻzlaringda yosh,
Yana men sababchiman, yuzingda yoʻqdir quvonch.
Axir bilar edimku – yetmasdi qoʻlim,
Seni yosh uzatishdi, yetmadi vaqtim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!