🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - Devona oshiq

2K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - Devona oshiq
Gulim, mehr koʻzda degani yolgʻon,
Qancha koʻrishmasak, shuncha qadrdon. (x2)
Mening dilimda oʻchmas chaqinsiz,
Qancha uzoq boʻlsak, shuncha yaqinsiz. (x2)

Devona oshiqman, devona,
Ayting, sizdan boʻlak kimim bor yana?
Devona oshiqman, devona,
Ayting, sizdan boʻlak kimim bor yana?

Yodimda kechagi shoʻxliklaringiz,
Koʻksimni kuydirgan kipriklaringiz. (x2)
Siz oʻsha orzusi oydan oydin qiz,
Siz oʻsha kulgusi qoʻngʻirogʻimsiz. (x2)

Devona oshiqman, devona,
Ayting, sizdan boʻlak kimim bor yana?
Devona oshiqman, devona,
Ayting, sizdan boʻlak kimim bor yana?

Siz achchiq qismatim, siz iztirobim,
Siz shirin dardimsiz, shirin azobim. (x2)
Siz meni koʻklardan topgan oftobim,
Yerlarda yoʻqotgan koʻzmunchogʻimsiz. (x2)

Devona oshiqman, devona,
Ayting, sizdan boʻlak kimim bor yana?
Devona oshiqman, devona,
Ayting, sizdan boʻlak kimim bor yana? (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!