🎵 Qoʻshiq matnlari

Sardor Rahimxon - Doʻst

1 daqiqa 2.6K marta oʻqildi
Sardor Rahimxon - Doʻst
Avvalo hech kimsaning boshiga ish tushmasin,
Ish tushsa gar boshiga, chin doʻstlari qochmasin.
Qochsalar chin doʻstlari yana bagʻrin ochmasin,
Doʻstning doʻst ekanligin ishing tushsa bilarsan.

Chin doʻstlar yoʻgʻingda doʻst, yiqilgan chogʻingda doʻst,
Bemor boʻlsang holingdan xabar olsa shunda doʻst.
Doʻstim yoʻq deb kuyinma, izlama hech urinma,
Xudo bersa dastingga bosgan qadamingda doʻst.

Davlatingning borida yurar gaping maʼqullab,
Yoningda hamroh boʻlar, xato qilishing poylab.
Gar qoqilsang yoʻlingda, kelmaydi bir bor yoʻqlab,
Doʻstning doʻst ekanligin ishing tushsa bilarsan.

Unday doʻstlar shuhrating uzoqdan payqaydilar,
Sovgʻa-salomlar olib, har kuni yoʻqlaydilar.
Ishonma hech ularga, ular doʻst boʻlmaydilar,
Doʻstning doʻst ekanligin ishing tushsa bilarsan.

Chin doʻstlar yoʻgʻingda doʻst, yiqilgan chogʻingda doʻst,
Bemor boʻlsang holingdan xabar olsa shunda doʻst.
Doʻstim yoʻq deb kuyinma, izlama hech urinma,
Xudo bersa dastingga bosgan qadamingda doʻst.

Ketganida omading yaqin doʻstlaring ketar,
Yonma-yon boʻlib qolsang, oʻzin begona tutar.
Oʻksimagin, ey dilim, ular shundayin oʻtar,
Doʻstning doʻst ekanligin ishing tushsa bilarsan.

Aslida bilsang agar, yagona doʻst – Alloh doʻst,
Yana ota-onang doʻst, akang doʻstdir, ukang doʻst.
Opang, singling, chin yoring, sevgan farzandlaring doʻst,
Doʻstning doʻst ekanligin ishing tushsa bilarsan.

Chin doʻstlar yoʻgʻingda doʻst, yiqilgan chogʻingda doʻst,
Bemor boʻlsang holingdan xabar olsa shunda doʻst.
Doʻstim yoʻq deb kuyinma, izlama hech urinma,
Xudo bersa dastingga bosgan qadamingda doʻst.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!