🎵 Qoʻshiq matnlari

Ziyoda - Nega

2K marta oʻqildi
Ziyoda - Nega
Koʻz yoshlanar,
Yurak gʻashlanar alam bilan,
Dardlanar, koʻz yoshlanar.

Umrimiz oʻtib borar,
Bilmaydimu odamlar?
Yurak ham toʻlib-toshar,
Qiynaydi bu azoblar.

Shamol kabi uchib ketdi
Muhabbatim yuragimdan,
Oʻz doʻstlarim kechib ketdi, hey,
Tark etmasdi keragimda.

Nega-nega bu dil dardlanar,
Nega bu koʻz yoshlanar?
Nega yurak gʻashlanar
Alam bilan? (x2)

Doʻstlardan mehr kutib,
Afsus, takror aldandim.
Barchasin ichga yutib,
Haqiqatni axtardim.

Gʻiybatlashib baʼzilar
Mayli kulsin ustimdan,
Yaxshilikni endi men
Sira kutmam doʻstimdan.

Nega-nega bu dil dardlanar,
Nega bu koʻz yoshlanar?
Nega yurak gʻashlanar
Alam bilan? (x4)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!