🎵 Qoʻshiq matnlari

Bojalar guruhi - Dilorom

1 daqiqa 2K marta oʻqildi
Bojalar guruhi - Dilorom
Eski shaharda yurardim koʻcha changitib,
Mahallamdan oʻtgan qizlar boshin gangitib.
Xayolimni bir kun oldi goʻzal bir pari,
Koʻzlari tim qora ekan, lablari gʻunchali.

Jonginam koʻzmunchoq, oy yuzli qoʻgʻirchoq,
Malikam boʻl, boʻlayin oʻzim ofatli toychoq.
Oh goʻzal qizaloq, koʻzi qora munchoq,
Yolgʻiz qolgan chogʻimda oʻzing manga ovunchoq.

O shirin zabonim, san mohitabonim,
Doim boʻlsang yonimda, baxtli boʻlar har onim.
Seni sevaman, jonim, jonim Diloromim.

Maʼlum emas balki senga majnunlarning holi,
Qabul qilgin oshigʻingning sevgi izhorin.
Man oʻzimman ruhsoring oshufta giriftori,
Seni juda sevadirman, yuragimning zori.

Jonginam koʻzmunchoq, oy yuzli qoʻgʻirchoq,
Malikam boʻl, boʻlayin oʻzim ofatli toychoq.
Oh goʻzal qizaloq, koʻzi qora munchoq,
Yolgʻiz qolgan chogʻimda oʻzing manga ovunchoq.

O shirin zabonim, san mohitabonim,
Doim boʻlsang yonimda, baxtli boʻlar har onim.
Seni sevaman, jonim, jonim Diloromim.

Qarashlariga borman goʻzal oʻsha sanamning,
Qoshlariga shaydo boʻldim qoshlari qalamning.
Koʻnglini olish qiyin boʻldi seniora madamning,
Endi tezroq uyga borib, koʻndiray dadamni.

Uyiga boraylik katta togʻorani olib,
Karnay-surnay, nogʻorayu doirani olib.
Bizlar yuraylik etagimiz bolaga toʻlib,
Qachongacha yuramiz boʻydoq bola boʻlib?

Qaytgim kelar bir zum oʻsha damga har kun,
Sevgilim, chiroyingni sogʻindim yomon bugun.
Porlaydi kamalak, uchadi kapalak,
Maning yorim chiroyli, qora sochli jingalak.

Yomgʻir yogʻar chak-chak, boʻl manga kelinchak,
Bir yildan keyin olamiz beshik va belanchak.
Seni sevaman, jonim, jonim Diloromim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!