🎵 Qoʻshiq matnlari

Tohir Sodiqov - Sevgi

2.3K marta oʻqildi
Tohir Sodiqov - Sevgi
Bekor emas dunyodagi hech bir narsa:
Qorlar erib tugamasdan bahor kelsa,
Hech narsaga qaramasdan dil kuylasa,
Bu aniq sevgi, bu aniq sevgi!

Bekor emas yurak urib tinch qoʻymasa,
Tunlari uxlolmasdan azoblar cheksa,
Hali tonglar ham otmasdan qalb yigʻlasa,
Bu aniq sevgi, bu aniq sevgi!

Sevgi, bu aniq sevgi, bilasan sevgi,
Sen hammaga ayt, jonim.
Sevgi, bu bizda sevgi, bilasan sevgi,
Sen hammaga ayt, jonim.

Sevgi, (bu aniq) sevgi,
Bizda sevgi, aniq sevgi.

Bekor emas koʻzin tikib yoʻling kutsa,
Kelganingda quchoq ochib kulib tursa,
Mehr bilan isming aytib, “jonim” desa,
Bu aniq sevgi, bu aniq sevgi!

Bekor emas, ertayu kech seni desa,
Tunda yulduzlarga qarab xayol sursa,
Yorimsan deb yeru koʻkka ishonmasa,
Bu aniq sevgi, bu aniq sevgi!

Sevgi, bu aniq sevgi, bilamiz sevgi,
Bu bizda sevgi, jonim.
Sevgi, bu aniq sevgi, bu bizda sevgi,
Sen hammaga ayt, jonim.

Sevgi, (bu aniq) sevgi,
Bizda sevgi, aniq sevgi.

(Sevgi, sevgi, sevgi, sevgi, bu aniq.
Sevgi, jonim. Sevgi, sevgi bu.
Bilamiz sevgi, jonim.)

Sevgi, bu aniq sevgi, bilamiz sevgi,
Bu bizda sevgi, jonim.
Sevgi, bu aniq sevgi, bu bizda sevgi,
Sen hammaga ayt, jonim.

Sevgi, (bu aniq) sevgi,
Bizda sevgi, aniq sevgi.
Sevgi…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!