🎵 Qoʻshiq matnlari

Kumush Razzoqova - Yomgʻir

2.3K marta oʻqildi
Kumush Razzoqova - Yomgʻir
Qiynaladi oftobni kutib,
Yomgʻirlardan charchagan shahar.
Uxlab qolding yigʻlab, qon yutib,
Koʻringanda ufqda sahar.
Men taqdirdan hech nolimayman,
Gar almashdi shomga tongimni.
Olib keldi bu oqshom bilan
Uzoqlarda qolgan jonimni. (x2)
Yomgʻir yogʻdi mayda-maydalab,
Mayda-mayda boʻldi yuragim.
Tong otguncha qayta-qaytalab,
Sevasanmi deya soʻradim. (x2)
Sen hech narsa qilmading talab,
Ming oʻrgilding qoshu koʻzimdan.
Sening qora sochlaring silab,
Shu tun kechdim hatto oʻzimdan.
Qiynaladi oftobni kutib,
Yomgʻirlardan charchagan shahar.
Sen ketasan qayga qon yutib?
Meni qayga boshlaydi sahar? (x2)
Yomgʻir yogʻdi mayda-maydalab,
Mayda-mayda boʻldi yuragim.
Tong otguncha qayta-qaytalab,
Sevasanmi deya soʻradim. (x8)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!