🎵 Qoʻshiq matnlari

Nasiba Abdullaeva - Baxt oʻzi nimadir

3.4K marta oʻqildi
Nasiba Abdullaeva - Baxt oʻzi nimadir
Baxt oʻzi nimadir men bilolmadim,
Sevgi nima ekan tushunolmadim.
Ammo armonlarning azoblaridan
Qancha tirishsam ham chetda qolmadim.
Bu dunyo sigʻmagan ikki koʻzimga,
Toʻlib qoldi ikki tomchi achchiq yosh.
Peshona deganga yozilgan ekan,
Rohat emas faqat chidam va bardosh. (x2)
Lekin men aylanmay dali-gadoga,
Boshim baland qilib qoʻshiq aytaman.
Gar oʻlsam yolvorib egam Xudoga,
Bu dunyoga qaytaman. (x2)
Shunda mening boshim yetib osmonga,
Dilni anduhlardan ozod qilurman.
Aldanib qolmasdan yomonlarga,
Qanday yashashni oʻzim bilurman.
Baxt oʻzi nimadir men bilolmadim…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!