Botir Zokirov - Kechalar yulduz sanayman

Kechalar yulduz sanab,
Yulduz koʻzingmi deb yonaman,
Oy magar chiqsa qarab,
Vaslingmi deb toʻlgʻonaman.
Bulbuli goʻyomisan,
Dillarda gullar ochasan,
Dov etur roʻyomisan,
Bir zumda koʻzdan qochasan.
Hayron boʻlmisham,
Giryon oʻlmisham,
Hayron oʻlmisham, yorey.
Na boʻlur boqsang qiyo?
Koʻnglimda mehring gʻunchalar.
Shunchalar gʻussang ravo,
Toshdan bagʻring shunchalar?
Hayron oʻlmisham,
Bir yon oʻlmisham,
Giryon oʻlmisham, yorey. (x2)
Yulduz koʻzingmi deb yonaman,
Oy magar chiqsa qarab,
Vaslingmi deb toʻlgʻonaman.
Bulbuli goʻyomisan,
Dillarda gullar ochasan,
Dov etur roʻyomisan,
Bir zumda koʻzdan qochasan.
Hayron boʻlmisham,
Giryon oʻlmisham,
Hayron oʻlmisham, yorey.
Na boʻlur boqsang qiyo?
Koʻnglimda mehring gʻunchalar.
Shunchalar gʻussang ravo,
Toshdan bagʻring shunchalar?
Hayron oʻlmisham,
Bir yon oʻlmisham,
Giryon oʻlmisham, yorey. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!