🎵 Qoʻshiq matnlari

Abdurashid Yoʻldoshev - Avvalgidaymas

1.5K marta oʻqildi
Abdurashid Yoʻldoshev - Avvalgidaymas
Nafasi bahorim, ne boʻldi?
Tuygʻularing avvalgidaymas.
Xushvaqt eding, yorim ne boʻldi?
Kulgularing avvalgidaymas. (x2)
Istagingiz sezaman degan,
Koʻnglingizni kezaman degan,
Har soʻzingda sevaman degan
Urgʻularing avvalgidaymas.
Tuygʻularing avvalgidaymas,
Kulgularing avvalgidaymas,
Har soʻzingda sevaman degano
Urgʻularing avvalgidaymas.
Oy bizlarga boqib oʻtardi,
Nur chehrang dilimga botardi,
Bedor qancha tonging otardi,
Uyqularing avvalgidaymas.
Boʻgʻzim qiynar alamli tutun,
Qani baxtdan yashnagan husn?
Qaygʻurarding baxtimiz uchun,
Oh, qaygʻularing avvalgidaymas.
Tuygʻularing avvalgidaymas,
Kulgularing avvalgidaymas,
Har soʻzingda sevaman degan
Urgʻularing avvalgidaymas. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!