🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - U goʻzal boshqa

2.1K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - U goʻzal boshqa
Uygʻonib ketaman yarim tunmi tong,
Qarayman orzular ila yonimga, (x2)
Yonimda yotadi, yonimda yotadi
Munis bir ayol,
Faqat u sen emas, u goʻzal boshqa. (x2)
Yulduzlar miltirab, osmon yigʻlaydi,
Armon koʻzlarimni toʻldirar yoshga, (x2)
Oynadan qarayman, oynadan qarayman,
Ul yor uxlaydi,
Faqat u sen emas, u goʻzal boshqa. (x2)
Hovli, olam menga tuyular zindon,
Urgularim kelar boshimni toshga,
Oydek hovlim uzra kezar bir ayol,
Faqat u sen emas, u goʻzal boshqa.
Shoʻrlik bu farishta dardim bilmaydi,
Menda qoʻlin choʻzgan bemavrid oshga,
Ne qilay yoniga, ne qilay yoniga
Kirgim kelmaydi,
Axir u sen emas, u goʻzal boshqa.
Ne qilay yoniga, ne qilay yoniga
Kirgim kelmaydi,
Axir u sen emas, u goʻzal boshqa.
U goʻzal boshqa…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!