🎵 Qoʻshiq matnlari

Abdurashid Yoʻldoshev - Nozlari

1.4K marta oʻqildi
Abdurashid Yoʻldoshev - Nozlari
Aylasa, aylamasa omon yorima,
Aylasa, aylamasa omon yorima. (x2)
Netarman yorga soʻzlab,
Yuragida bor boʻlmasa?
Ne qilaman unga boʻylab,
Tilagida bor boʻlmasa-ey,
Tilagida bor boʻlmasa?
Qalbimni anglamasa, dardimni tinglamasa,
Ne qiladurman, oy, ne qiladurman?
Koʻzlarimga boqmasa, muhabbatim yoqmasa,
Ne qiladurman, oy, ne qiladurman?
Nozlaridan oʻt yonar bagʻrimda,
Yanada muhabbat uygʻonar bagʻrimda.
Nozlaridan oʻt yonar bagʻrimda-yey,
Yanada muhabbat uygʻonar bagʻrimda.
Netarkan yana izlab,
Yuragida bor boʻlmasa?
Keladi nelarni koʻzlab,
Yuragida bor boʻlmasam-ey,
Yuragida bor boʻlmasam?
Sevarmikan bildirmay, yonarmikan sezdirmay,
Ne qiladurman, oy, ne qiladurman?
Sevsa agar janona, boʻlardimku parvona,
Ne qiladurman, oy, ne qiladurman?
Nozlaridan oʻt yonar bagʻrimda,
Yanada muhabbat uygʻonar bagʻrimda.
Nozlaridan oʻt yonar bagʻrimda-yey,
Yanada muhabbat uygʻonar bagʻrimda.
Nozlanadi yor erkam, qovogʻida qor ekan, (x2)
Yoqimli nozi erkam, boʻl endi rozi erkam.
Nozlaridan oʻt yonar bagʻrimda,
Yanada muhabbat uygʻonar bagʻrimda.
Nozlaridan oʻt yonar bagʻrimda-yey,
Yanada muhabbat uygʻonar bagʻrimda. (x2)
Yanada muhabbat uygʻonar bagʻrimda.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!