Abduvali Rajabov - Dunyo

Doʻstim, havolanib ketma oʻzingdan,
Togʻlarning boshini egkan dunyo bu.
Azim daryolarni boʻgʻib qaʼridan,
Bir tomchi qoldirmay yutgan dunyo bu. (x2)
Kimnidir yayratib eram bogʻida,
Kimnidir kuydirib farzand dogʻida,
Kimnidir yayratib jannat bogʻida,
Kimnidir kuydirib farzand dogʻida,
Kimnidir oʻldirib yoshlik chogʻida,
Nelarning uvolin tutgan dunyo bu.
Kimnidir oʻldirib yoshlik chogʻida,
Nelarning uvolin tutgan dunyo bu.
Doʻstim, havolanib ketma oʻzingdan,
Togʻlarning boshini egkan dunyo bu.
Doʻstlaring aylansa tulki, boʻriga,
Xiyonat qilganda yorlar yoriga,
Boqarkan bir kuni zamon zoʻriga,
Barining ustidan kulgan dunyo bu. (x2)
Chang solib necha xush, chaman bogʻlarga,
Yoʻl berib bulbulmas, qargʻa-zogʻlarga, (x2)
Kuy chalib motamli ohu-vohlarga,
Yolgʻonlar kitobin bitgan dunyo bu. (x2)
Doʻstim, havolanib ketma oʻzingdan,
Togʻlarning boshini egkan dunyo bu.
Togʻlarning boshini egkan dunyo bu.
Azim daryolarni boʻgʻib qaʼridan,
Bir tomchi qoldirmay yutgan dunyo bu. (x2)
Kimnidir yayratib eram bogʻida,
Kimnidir kuydirib farzand dogʻida,
Kimnidir yayratib jannat bogʻida,
Kimnidir kuydirib farzand dogʻida,
Kimnidir oʻldirib yoshlik chogʻida,
Nelarning uvolin tutgan dunyo bu.
Kimnidir oʻldirib yoshlik chogʻida,
Nelarning uvolin tutgan dunyo bu.
Doʻstim, havolanib ketma oʻzingdan,
Togʻlarning boshini egkan dunyo bu.
Doʻstlaring aylansa tulki, boʻriga,
Xiyonat qilganda yorlar yoriga,
Boqarkan bir kuni zamon zoʻriga,
Barining ustidan kulgan dunyo bu. (x2)
Chang solib necha xush, chaman bogʻlarga,
Yoʻl berib bulbulmas, qargʻa-zogʻlarga, (x2)
Kuy chalib motamli ohu-vohlarga,
Yolgʻonlar kitobin bitgan dunyo bu. (x2)
Doʻstim, havolanib ketma oʻzingdan,
Togʻlarning boshini egkan dunyo bu.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!