🎵 Qoʻshiq matnlari

Alisher Fayz - Yomon qoʻrqdim

1.9K marta oʻqildi
Alisher Fayz - Yomon qoʻrqdim
Yorim mani aylabon gʻarib
Koʻylak kiyib oʻtdi jimjima,
Uyiga borib keldi oʻzgarib,
Yomon qoʻrqdim, yomon qoʻrqdim-a. (x2)
Jonim desam, erkalab, suyib,
Quvonardi baxtidan toʻyib, (x2)
Endi oʻtar qovogʻin uyib,
Yomon qoʻrqdim, yomon qoʻrqdim-a. (x2)
Yorim mani aylabon gʻarib
Koʻylak kiyib oʻtdi jimjima.
Bilmay qoldim hazilmi, rosti,
Oʻt sachratdi koʻzlarin osti, (x2)
Botirni ham gʻulgʻula bosdi-ey,
Yomon qoʻrqdim, yomon qoʻrqdim-a.
Alisherni gʻulgʻula bosdi-ey,
Yomon qoʻrqdim, yomon qoʻrqdim-a.
Yorim mani aylabon gʻarib
Koʻylak kiyib oʻtdi jimjima.
Nahot, shunday boʻlsa yor degan?
Yuragimga sanchildi tikan. (x2)
Koʻzlarimni ochsam tush ekan,
Yomon qoʻrqdim, yomon qoʻrqdim-a.
Koʻzlarimni ochsam tushim ekan,
Yomon qoʻrqdim, yomon qoʻrqdim-a.
Koʻzlarimda gʻazabim koʻrib,
Yomon qoʻrqdi, yomon qoʻrqdi-ya, (x2)
Yorim mani aylamang gʻarib,
Uzun koʻylak kiying tinchgina-ey.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!